Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.86K subscribers
37.3K photos
4.83K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezidentimiz tomonidan hududlarni jadal rivojlantirish, aholini xavfsiz va sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalarning borishini o‘rganish va avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz tumanidagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasi "Farovon" massividagi ko‘p qavatli uy-joylar hududida "Xavfsiz hudud" loyihasining amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha samaradorligini oshirish va uni boshqa turar joy massivlarida ham tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi "Manguzar" va "Saxovat" mahallalarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualari, shuningdek, "Termiz Mall" savdo markazi loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, qurilish sifatini oshirish, shaharsozlik va qurilish normalariga qat’iy rioya etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif yakunida Termiz tumani Soliobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. Viloyat hokimi mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ariq va zovurlarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📢 Hurmatli Termiz shahri aholisi va mehmonlari!

Joriy yilning 19-mart kuni Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida viloyatning asosiy bayram sayllari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bayram tadbirlari doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 19-mart kuni soat 09:00 dan 23:00 gacha Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining Ibn Sino hamda Alisher Navoiy ko‘chalari bilan kesishgan chorrahalarigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

❗️Mazkur hududda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🌷Termiz yangilanish va yasharish ayyomi, sharqona yangi yil — Navro‘zi olam sayllariga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Қадриятларинг боқий бўлсин, Наврўз!“ – 2025 йилнинг 19-20 март кунлари ўтказиладиган вилоятнинг асосий байрам сайли тадбирлари

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | "Xavfsiz hudud" loyihasi asosida turar joylar qurilishi va bayram sayllariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Vohamiz ahli va qadrli mehmonlari diqqatiga!

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi sizlarni "Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida namoyish etiladigan spektakllarga taklif etadi. 2025-yil 21-martdan 27-martga qadar teatr sahnasida eng sara asarlar taqdim etiladi.

❗️Eng muhimi, haftalik davomida teatr tomoshalari mutlaqo BEPUL.

📍Tadbir joyi: Termiz shahri, "Sanʼat saroyi" davlat muassasasi

📞 Murojaat uchun telefon: +998-99-637-10-01

Teatr jamoasi unutilmas lahzalarga boy, juda qiziqarli va maroqli ushbu tomoshalarga barchani taklif etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ўрол Тансиқбоев: ижод сайланмасига назар”

2025 йил 19 мартдан 1 июнгача Алмати шаҳридаги Абилхон Қастеев номидаги Давлат санъат музейида Ўрол Тансиқбоевнинг сўнгги 40 йил давомидаги илк кенг кўламли кўргазмаси бўлиб ўтади. Экспозицияда Ўзбекистон ва Қозоғистон музейлари сара тўпламларига мансуб, моҳир уста ижод йўлининг барча босқичларини қамраб олган 78 та асар тақдим этилади.

Кўргазма нафақат буюк рассом хотирасига юксак ҳурмат ифодаси, балки икки қардош мамлакатлар бадиий меросини бирлаштирувчи муҳим маданий воқеага айланади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
🗣Termiz shahridagi xususiy oliygohda IELTS imtihonlarini topshirish imkoniyati yaratildi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti va British Council o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, universitetda IELTS Registration Centre (IELTS ro‘yxatdan o‘tish markazi) tashkil etildi.

Xususiy universitet qoshida tashkil etilgan ushbu markazda vohamiz yoshlari va talabalar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib IELTS imtihoniga o‘zlari xohlagan sanada yozilishlari mumkin.

❗️Ma’lumot uchun, ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari aprel oyidan boshlanadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM