Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.85K subscribers
37.3K photos
4.84K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezidentimiz tomonidan hududlarni jadal rivojlantirish, aholini xavfsiz va sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalarning borishini o‘rganish va avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz tumanidagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasi "Farovon" massividagi ko‘p qavatli uy-joylar hududida "Xavfsiz hudud" loyihasining amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha samaradorligini oshirish va uni boshqa turar joy massivlarida ham tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi "Manguzar" va "Saxovat" mahallalarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualari, shuningdek, "Termiz Mall" savdo markazi loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, qurilish sifatini oshirish, shaharsozlik va qurilish normalariga qat’iy rioya etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif yakunida Termiz tumani Soliobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. Viloyat hokimi mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ariq va zovurlarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📢 Hurmatli Termiz shahri aholisi va mehmonlari!

Joriy yilning 19-mart kuni Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida viloyatning asosiy bayram sayllari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bayram tadbirlari doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 19-mart kuni soat 09:00 dan 23:00 gacha Hakim at-Termiziy shoh ko‘chasining Ibn Sino hamda Alisher Navoiy ko‘chalari bilan kesishgan chorrahalarigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

❗️Mazkur hududda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🌷Termiz yangilanish va yasharish ayyomi, sharqona yangi yil — Navro‘zi olam sayllariga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Қадриятларинг боқий бўлсин, Наврўз!“ – 2025 йилнинг 19-20 март кунлари ўтказиладиган вилоятнинг асосий байрам сайли тадбирлари

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo