Uch yillik tanaffusdan so‘ng "Surxon Arena"da rasmiy o‘yinlar qayta boshlandi
Termizning "Surxon" futbol klubi uy stadioni hisoblangan "Surxon Arena" uch yil avval zamonaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilish maqsadida yopilgan edi. Bu davr mobaynida o‘yingoh xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlandi.
Bugun ushbu stadionda Superliganing 2-turi doirasida "Surxon" va "Xorazm" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga start berildi. O‘yin boshlanishi oldidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov barcha muxlislarni yangilangan o‘yingoh va futbol bayrami bilan qutlab, jamoalarga omad tiladi.
Uchrashuvni viloyat hokimi va boshqa mutasaddilar o‘yingohdan turib kuzatib borishmoqda.
Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
https://youtu.be/FmHEAcMr4pE
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz tomonidan hududlarni jadal rivojlantirish, aholini xavfsiz va sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalarning borishini o‘rganish va avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz tumanidagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida dastlab Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasi "Farovon" massividagi ko‘p qavatli uy-joylar hududida "Xavfsiz hudud" loyihasining amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha samaradorligini oshirish va uni boshqa turar joy massivlarida ham tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat hokimi "Manguzar" va "Saxovat" mahallalarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualari, shuningdek, "Termiz Mall" savdo markazi loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, qurilish sifatini oshirish, shaharsozlik va qurilish normalariga qat’iy rioya etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif yakunida Termiz tumani Soliobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. Viloyat hokimi mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ariq va zovurlarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.