Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
#mutolaa_vaqti

Kitob haqida:

Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari oʻzbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich koʻtargan ogʻa-ini, togʻa-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali oʻquvchi tarixda Temuriylar oʻrtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxoʻr beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning gʻoyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko‘rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g‘oyat erta, o‘n ikki yoshida taxtga o‘tirganida ro‘baro‘ bo‘ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo‘lgan shohning kuygan yuragi – shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida yonib, sog‘inch bilan o‘rtanib, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...” deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM