Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.6K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termizda yosh tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda

📈Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarim davomida Termiz shahrida joylashgan “Tinchlik yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” faoliyati bilan tanishdim.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2023-yilda yosh tadbirkorlar uchun 3 gektar maydonda joylashgan “Tinchlik” yoshlar sanoat zonasida “sanoat ipotekasi” tamoyili asosida tayyor binolarni yosh tadbirkorlarga realizatsiya qilish tajribasi joriy etilgan. Natijada “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida 47 ta lotlar tashkil etilib, tijorat banklari tomonidan bugunga qadar 39 ta loyihaga 44,4 mlrd so‘m kredit ajratildi.

↗️Hozirda ushbu sanoat zonasida yosh ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan tikuvchilik, metalga qayta ishlov berish, tibbiyot mebellari va qog‘oz korobkalar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, muzlatkichlar, avtomobil ehtiyot qismlari yetkazib berish faoliyatlari bilan tanishdim.

🤝Bugungi kunda hududdagi yangi barpo etilgan 47 lotdan 24 tasida tadbrikor yoshlar faoliyat olib bormoqda. Foydalanishga tayyor holatda turgan 23 ta lotda yoshlarga o‘z tadbirkorliklarini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣2024-yil davomida Bolalar ombudsmanining faoliyati natijalari raqamlarda

Manba: https://t.me/Bolalar_ombudsmani/1985

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Sizning ovozingiz muhim, so‘rovnomada ishtirok eting!

Har bir ko‘cha kesimida ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘llar qoplamasi holati bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash maqsadida onlayn xatlovga start berildi.

Mazkur xatlov 10 mingta maktab, 7 mingta bolalar bog‘chalari, 3 800 ta tibbiyot muassasalari, 880 ta sport inshootlari va boshqa ijtimoiy obyektlar infratuzilmasiga oid geoportalini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Geoportal kelgusida davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Nima uchun xatlov muhim?

Har bir mahalla bo‘yicha aholining ichimlik suvi, kanalizatsiya va aholi punktlaridagi yo‘llar qoplamasining sifati bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar to‘plandi.

So‘rovnoma orqali aholi ishtirokida texnik xatolarni bartaraf etish hamda to‘plangan ma’lumotlar qayta tekshiriladi.

Ijtimoiy obyektlar geoportali Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” guruhi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-sonli qarori bilan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ning 6-bandiga asosan shakllantirilmoqda.

Qay tarzda ishtirok etish mumkin?

So‘rovnoma @real_holat_bot Telegram-boti orqali onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ushbu platformaga Telegram ilovasida @real_holat_bot havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish mumkin. So‘rovnomada ishtirok etish uchun shaxsiy ma’lumotlar kiritish va shaxsni tasdiqlash talab qilinmaydi.

So‘rovnoma qachon o‘tkaziladi?

So‘rovnoma 2025 yil 3–15 mart kunlari o‘tkaziladi. So‘rovnomada ishtirok etish vaqtida mahalla joylashuvi, ko‘cha nomi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va yo‘llar qoplamasi holatini ko‘rsatib o‘tish lozim. Agar ko‘changizda maktab bo‘lsa, unda ichimlik suvi bor yoki yo‘qligini belgilang. Ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq kiritishni hamda so‘rovnomani oxirigacha o‘tishni unutmang.

Ommaviy axborot vositalari qo‘shimcha ma’lumot uchun Telegram orqali @DeliveryUnitTashkent bilan bog‘lanishlari mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning hududlarni jadal rivojlantirish, aholini sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan farmon va qarorlari, shuningdek, berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, viloyat markazi – Termiz shahri bugungi kunda ulkan qurilish va bunyodkorlik maydoniga aylangan. Joriy loyihalarning borishini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar bo‘ylab amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlarning ijrosi bilan tanishdi.

Tashrif davomida dastlab "San’at saroyi" majmuasida mutasaddilar tomonidan "Navro‘z" umumxalq bayramiga tayyorgarlik yuzasidan ishlab chiqilgan dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Sayl kuni o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, majmua hududini obodonlashtirish va bayramga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, hokim "ERRIEL" xorijiy korxonasining "Hilton" mehmonxonasi, konferensiyalar zali, savdo komplekslari, shuningdek, "Guliston", "Surxon sohili", "Manguzar" va "Kattabog‘" mahallalarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualari hamda "Termiz Mall" loyihasining qurilish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz davlat universiteti atrofidagi yo‘llarni ta’mirlash jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida har bir loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, qurilish sifatini yuqori darajada ta’minlash, shaharsozlik va qurilish normalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐E’TIROF

Prezident qaroriga asosan, bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi - Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi.

🏅Zaripova Rushana Robertovna - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti

Sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram tantanalarida o‘z egalariga topshiriladi.

Davlatimizning yuksak mukofotiga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐 Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik aziz ayollar!

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan fidoyi ayollarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mukofotlanganlar orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor.

🏅 "Do‘stlik" ordeni bilan
▫️ Shomuratova Oygul Jabborovna - Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi.

🏅 "Shuhrat" medali bilan
Jo‘rayeva Ozoda Hasanovna - Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari;

Ravshanova Farida Fayzullayevna - Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i;

Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna - Sho‘rchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xaridlari bo‘yicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashib, sog‘lom raqobat bo‘lgani uchun o‘tgan yili 14 trillion so‘m byudjet mablag‘i tejaldi.

Odamlar kredit olish uchun ko‘plab to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tishi kerak edi. Bugunga kelib barcha banklar 100 million so‘mgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn bermoqda.

Natijada oldin bu ish bilan shug‘ullangan minglab bankirlar endi mahallaga tushib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib, mijozini ko‘paytirish ustida ishlayapti.

Odamlar bolasini maktab yoki bog‘chaga joylashtirishda sarson bo‘lgan, ishini "boshqa yo‘llar" bilan hal qilishga to‘g‘ri kelgan edi. O‘tgan davrda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 10 dan ortiq xizmat turlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Ushbu sohada murojaatlar soni 2,5 karraga kamaydi.

Bundan 7-8-yil avval oliygohlarga o‘qishga kirishda "tanish-bilishchilik" avj olgan edi. Soha raqamlashdi, imtihonlar onlayn translyatsiya bo‘layapti. Avval test topshirib, to‘plagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlash tizimi joriy qilindi.

Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari bodi-kamera bilan xizmat o‘tayotgani, avtoraqamlar auksionda sotilayotgani, "qo‘l radari" va qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi.

Aholi va tadbirkorlarga "xalq xizmatidagi davlat" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 120 turdagi hujjatlarni talab qilish, 160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi.

Natijada 200 mingga yaqin yangi tadbirkorlar bozorga kirib keldi. Chet el ishtirokidagi korxonalar qariyb 5 karra oshib, 23 mingga yaqinlashdi. Elektron davlat xizmatlari soni 15 karra ortib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvchilar esa 11 milliondan oshdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X