Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.6K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezidentimizning joriy yil 21-fevraldagi "2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida" PQ-68-son qarorida umumxalq bayramiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Surxondaryo viloyatida ham tayyorgarlik ishlari boshlanib, Navro‘z bayramining inson va tabiat uyg‘unligi, tinchlik, mehnat, do‘stlik va hamjihatlik kabi qadriyatlarini tarannum etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida asosiy bayram dasturi bilan tanishdi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan yirik turizm loyihalari, jumladan, Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida qurilayotgan Surxondaryo tarixi va madaniyati muzeyi loyihasi taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida barpo etilayotgan "Boqiy shahar" majmuasidagi favvoralar qurilishi va markaziy ko‘chalardagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Ramazon oyini munosib kutib olish maqsadida hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Тошкентда «Hotel Business Forum» 2025 бошланди

🔴 «Инновациялар ва барқарорлик: меҳмондўстлик саноатидаги янги технологиялар» мавзусида «Hotel Business Forum-2025» ўз ишини бошлади

🔴 «Hotel Business Forum-2025»: меҳмондўстлик йўналишида кадрлар тайёрлашнинг янги тенденциялари

🔴 IV Миллий меҳмондўстлик мукофоти ғолиблари тақдирланди

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
🌸Bugun tunda kelarmish, Bahor...

Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Go’zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o’tgan onga,
Jamolingga bo’lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo,
Bizga iqbol tilarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og’dirib,
Yomg’irlarni yerga yog’dirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Hissiyotga to’ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko’ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor...

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahridagi “Bo’ston va Jayxun mahallalarida ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi

Termiz shahri “Baxt” ko’chasidan o’tuvchi markaziy suv quvurida nosozlik tufayli ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan ichimlik suvi ta’minoti Bo’ston va Jayxun mahallalarida ertaga, 1-mart kuni soat 08.00 dan soat 16:00 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:

🚰 Ta’mirlash davrida aholiga ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣UzA | "O‘zbekiston havo yo‘llari" Termizda sayyor qabul tashkil etdi

Surxondaryo viloyatidagi Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "O‘zbekiston havo yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda aviakompaniya tarkibiy bo‘linmalari mutasaddilari sayyor qabul o‘tkazdi.

Viloyatdagi tashkilot va muassasalar hamda aholi vakillari, mahalliy va qo‘shni afg‘onistonlik tadbirkorlar qatnashgan ochiq muloqotda "O‘zbekiston havo yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari va boshqa mutasaddilari mamlakatimiz aviatsiya tizimida keyingi yillarda yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar haqida atroflicha fikr yuritdi.

Aviakompaniyada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilab, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, yangi xavfsizlik texnologiyalari va standartlarini joriy etish, ichki va mintaqaviy tashuvlarni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/692776

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun 1-mart haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳BMT – Nol diskriminatsiya kuni.
🇺🇳Butunjahon dengiz o‘tlari kuni.
🌏Butunjahon fuqarolik mudofaasi kuni.
🌏Butunjahon musiqa terapiyasi kuni.
🌏Bahor kirishi bayrami.

#muhim_voqealar
🔹1869 – Dmitriy Mendeleyev elementlar davriy sistemasini tuzdi.
🔹1928 – AQShda doktor Gerbert Evans oltinchi vitaminni topdi, unga mos ravishda F vitamini nomi berildi.
🔹1947 – Xalqaro Valyuta fondi o‘z faoliyatini boshladi.
🔹1992 – Oʻzbekiston va Fransiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
🔹1993 – “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
🔹1994 – O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF vakolatxonasi ochilgan.

#tavalludlar
🔹1892 – Ryunoske Akutagava – yapon adabiyotining eng koʻzga koʻringan vakillaridan biri.
🔹1915 – Zulfiya Isroilova – Oʻzbekiston xalq shoirasi, xalqaro “Nilufar“, Javaharlar Neru nomidagi Davlat mukofotlari sohibasi.
🔹1929 – Ozod Sharafiddinov – adabiyotshunos, adabiy tanqidchi.
🔹1942 – Muhammad Ali – shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. 
🔹1950 – Gʻulomjon Yoqubov – xonanda, aktyor, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM