Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–26-sonli Farmoni qabul qilindi

✔️Ushbu Farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

✔️Bunda, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025-yilning 3-mart kuni soat 09:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz.

📣Hurmatli fuqaro!
Siz Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki
my.gov.uzYagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi havola orqali mustaqil ravishda ariza topshirishingiz mumkin.
Havola:
https://my.gov.uz/oz/service/325

📌Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlaring (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori:

➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming soʻm);

➡️ Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.

➡️ Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.

#ipoteka_subsidiya
#mortgage_subsidy

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida Termiz shahrida keng ko‘lamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qator farmon va qarorlar asosida shaharsozlik me’yorlariga mos ravishda ko‘p qavatli turar joylar barpo etish belgilangan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining Istiqlol ko‘chasidagi 9 qavatli turar-joy kompleksi, "Manguzar" mahallasining eski uy-joylar o‘rnida qurilayotgan yangi binolar hamda "Termiz city"dagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Loyihalarni tezlashtirish, eski uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘liq yakunlash va qurilishni boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, shaharda amalga oshiriladigan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. "Shohbekat Termiz" MCHJ tomonidan 9 va 12 qavatli 5 ta ko‘p qavatli uy hamda 2 qavatli 15 ta kottej qurilishiga start berildi.

Bundan tashqari, shahar infratuzilmasini yaxshilash, "Anhor" saylgohi hududidagi Navbog‘ ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasiga aylantirish, Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida turar joylar va ijtimoiy obyektlar qurish, shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida amfiteatr barpo etish va ko‘chat ekish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida dzyudo bo’yicha o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Mol-mulkingiz xavfsizligini istasangiz hoziroq 1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va batafsil ma'lumot oling.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar sport maktabi xodimlari 4-sonli maktabda sport targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi

Termiz shahar sport maktabi xodimlari Termiz shahridagi 4-sonli maktabda sportning ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga sportning jismoniy va ruhiy salomatlikka foydasi, muntazam mashg‘ulotlarning inson hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularga yaratilgan sharoitlar va sport maktabida mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Targ‘ibot tadbiri interaktiv ruhda o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida sport maktabiga qiziqishi bor yoshlarni muntazam shug‘ullanishga chorlovchi tavsiyalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM