Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Keyingi yillarda Surxondaryoning turizm salohiyati rivojlanib, sayyohlar oqimi oshib bormoqda. Bunda tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish, kelish yo‘llarida sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi. Xususan, vohamizning havo yo‘li orqali darvozasi hisoblangan Termiz xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
Viloyat hokimi hududlarga tashrifidan so‘ng, aeroportda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Loyihaning borishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Shundan so‘ng, Termiz shahri bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Vohamiz bo‘ylab joriy mavsumda 10,2 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda rejaning qariyb 83 foizi bajarilgan. Jumladan, Termiz shahrida 100 mingdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan.
Viloyat rahbari ekologiya insonlar salomatligi bilan bevosita bog‘liq ekanligini inobatga olib, ko‘chatlarni ekish va parvarishlashni sifatli amalga oshirish lozimligini, bu borada mutasaddilarga shaxsiy mas’uliyat yuklanganini ta’kidladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Forwarded from АОКА | Сурхондарё
📣 Hurmatli surxondaryoliklar!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining telegram messenjerdagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling.
Unda vohamiz hayotiga oid eng soʻnggi xabar va yangiliklar, viloyatdagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyatiga oid materiallar eʼlon qilib boriladi.
🌏 Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga quyidagi havola orqali aʼzo boʻlishingiz mumkin: 👇
https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Telegram
АОКА | Сурхондарё
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармаси расмий ахборот канали
Эзгу фикр, эзгу сўз, эзгу амал.
Эзгу фикр, эзгу сўз, эзгу амал.
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryoda xotin-qizlarning farovonligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kuni-kecha Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faol xotin-qizlar ishtirokida Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Unda dastlab, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning tadbirkorlik va bandlik masalalariga oid imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi. Muhokama davomida “Oqila ayollar” harakatining faoliyati sarhisob qilindi. Tadbirda tashkiliy masala ham ko‘rilib, Termiz davlat pedagogika instituti “Psixologiya” kafedrasi professori, viloyat Kengashi deputati Mehri Norbosheva harakatning yangi rahbari etib saylandi.