Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.

Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.

Yoshlar agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi.

Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan "Vatan tayanchi" harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

"Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida "maktab – tuman – viloyat – respublika" darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.

Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida "mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika" darajasida "Shijoat va g‘ayrat" sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.

"Vatan tayanchi" hamda "Shijoat va g‘ayrat" musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlandi.

Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha bo‘yicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
USAID, Америка овози ва Озодлик радиоси АҚШ президенти Дональд Трамп ва Илон Маск айтганидек ёпиладими?

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
🗣Termiz shahrida Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil etilganining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda afgʻon urushi qatnashchilari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.     

Shundan soʻng baynalminal jangchilar uchun “Nigina” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar jangchi-faxriylarni sana bilan muborakbod etib, elu yurt va yosh avlod oldidagi xizmatlarini eʼtirof etib oʻtdilar. Ularning mardligi va jasorati, shijoati, Vatanga boʻlgan mehr-muhabbati, sodiqligi kelajak avlodga hamisha oʻrnak va namuna boʻlib qolishi taʼkidlandi.     

Tadbirda “Veteran” birlashmasi faollari hamda baynalmilalchi jangchi-faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Sanʼatkorlar ijrosidagi diltortar qoʻshiqlar esa ishtirokchilar qalbiga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga start berildi

🖐Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat studiyalaridan mahalla yettiligi, avvalgi mavsum g‘olib va sovrindorlari, talabalar, yuqori sinf o‘quvchilari hamda hamkor tashkilotlar xodimlari onlayn qatnashdi.

Barcha yoshlarni 2025-yilgi mavsumda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

#Beshtashabbusolimpiadasi #2025mavsum

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ro‘yxatdan o‘tishga start berildi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumning tantanali ochilishidan so‘ng, loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan o‘g‘il-qizlar 5tashabbus.uz saytidan ramziy ro‘yxatdan o‘tishdi.

Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi” ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta bo‘lgan aholi o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, workout, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etiladi.

🖐 Loyihalarida ishtirok etishingiz uchun 5tashabbus.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting!

#Beshtashabbusolimpiadasi #2025mavsum

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM