Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahri "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan kollektorni zamonaviy yopiq drenajga aylantirish orqali ochiladigan maydonda tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Loyiha doirasida kollektorning 1,2 km qismida sizot suvlarining chiqib ketishini ta’minlagan holda ustini yopish ishlari olib borilmoqda.
Hududda maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va avtoservis joylari hamda boshqa obyektlar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratish bilan birga tashlandiq joyning obod bo‘lishiga, infratuzilmaning yaxshilanishiga erishiladi.
Viloyat rahbari qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, loyihalarni sifatli yo‘lga qo‘yish borasida vazifalarni belgilab berdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi vaqtda dunyodagi "top" oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Bu O‘zbekiston uchun tarixda kuzatilmagan voqelik.
Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan katta forumda Toshkent shahridagi Prezident maktabi global darajada eng nufuzli nominatsiyada g‘olib deb topildi.
Bundan besh yil oldin Senat va Qonunchilik palatasida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. U yerda yoshlar siyosiy yetakchilik, demokratiya maktabi, parlamentarizm maktabi qanday bo‘lishini amalda ko‘rdi. Oxirgi saylovda ana shu yoshlarimizdan ikki nafari Qonunchilik palatasiga, 250 nafari kengashlarga deputat bo‘lib saylandi.
〰️〰️〰️
Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi.
Bu davlat va jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.
Bu borada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. Birgina "Yoshlar daftari" orqali o‘tgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
O‘tgan 8-yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra ko‘payib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda.
Ishsiz yoshlar 2 karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

Telegram
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ҳар йили меҳнат бозорига 600 мингдан ортиқ ёшлар кириб келмоқда. 2030 йилга бориб бу кўрсаткич 1 миллион нафарга етади.
Бу давлат ва жамият зиммасига катта масъулият юклаши таъкидланди.
Бу борада ёшларни қўллаб-қувватлаш тизими яратилди. Биргина “Ёшлар…

Yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjat imzolandi - Prezident
Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi. Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.
Ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankga 100 million dollar resurs beriladi.
Oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketi joriy etiladi.
Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi. U ish o‘rinlarini yaratish, kadrlarga ehtiyoj, bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni joylashtirish masalalarini hal etadi.

Uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch "yoshlar banki"ga aylantirildi, bunga 200 million dollar ajratildi.
Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona va o‘quv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beradi.
Kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo‘naltiriladi.
"Yoshlar biznes inkubatori" tashkil qilinib, yoshlar g‘oyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3 yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.
"Aloqa venchur" jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram

2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’kidlandi.
Rahbarlar yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlaridan, o‘z vaqtida band bo‘lmagan yoshlar bilib-bilmay nomaqbul ishlarga qo‘l urishi, diniy radikalizm ta’siriga tushib qolishi, jinoyat ko‘chasiga kirishi mumkinligidan ogohlantirildi.
Yoshlarni kasb va tilga o‘qitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda.
Unga ko‘ra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.

Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi.
O‘tgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu o‘z samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shug‘ullanyapti. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga ham yangi tartib asosida bu yerlardan beriladi.
Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xo‘jaligida bilim va ko‘nikma oshirishiga yordam beriladi.
Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi.

Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.
Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.
Bu imtiyoz 3-yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi.
Umuman, "Yoshlar daftari" tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos.
Endi, xorijiy tillardan "S1" darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari "2+6" shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan 16-25 yoshdagi yoshlar ishtirok etadi.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99894 128 92 62
+99855 520 08 08 (ichki raqam 357)

"Bir million dasturchi" loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. "Coursera" platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.
Birlashgan Arab Amirliklari bilan O‘zbekistonda "Bir million sun’iy intellekt foydalanuvchilari" loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi.
Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi.
Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi.

Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.
Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – "Yorqin iste’dod" loyihasi joriy etiladi.
Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.
Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning "top-100" oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida "El-yurt umidi" jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.
Dunyoning nufuzli "top-100" oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi.
Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun "Oliy bosh qo‘mondon" davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.
Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun "Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" tashkil qilinadi.

Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.
Barcha tumanlar hokimlariga Olmazor tajribasini o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni muhandislik laboratoriyalari bilan jihozlash topshirildi.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

Yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi.
Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Nuroniylarimiz ishtirokida "Ajdodlar merosiga munosib avlod" g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida "Men buyuk el farzandiman" umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan "Yoshlik" jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Бугунги кунда мафкуравий хавф-хатарлар аллақачон кибермаконга кўчиб ўтгани қайд этилди.
Шу муносабат билан ёшларимизда интернетдан фойдаланиш маданиятини янада юксалтириш, улар ёлғон маълумотлар қурбонига айланиши, дунёқараши салбий ғоялар таъсирида шаклланишини…

Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.
Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.
Yoshlar agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi.
Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.

Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan "Vatan tayanchi" harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
"Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida "maktab – tuman – viloyat – respublika" darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.
Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida "mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika" darajasida "Shijoat va g‘ayrat" sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.
"Vatan tayanchi" hamda "Shijoat va g‘ayrat" musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlandi.
Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha bo‘yicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.
Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.