Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun 13-fevral haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar

Butunjahon radio kuni.
O‘zini sevish kuni.
Kinokamera tug‘ilgan kun.
Internetdagi do‘stlar kuni.

#muhim_voqealar

1859 – Moskvada birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
1946 – Amerikalik harbiylar birinchi raqamli kompyuter yaratishganini e’lon qilishdi.
1997 – O‘zbekiston va Mali o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
2001 – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi.

#tavalludlar

1769 – Krilov Ivan – rus shoiri, masalchi, publisist, noshir.
1901 – Sayfi Olimov – aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti.
1903 – Jorj Simenon – belgiyalik yozuvchi, detektiv janri ustasi.
1962 – Mirzagul Sapayeva – aktrisa, xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligida 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Kecha qishki Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz so‘nggi 26-yilda ilk bor figurali uchish bo‘yicha juftliklar orasida oltin medalni qo‘lga kiritgani mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa bo‘ldi.

Shu bilan birga, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladeshda o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibiga aylandi.

Tailandda velosport va para velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Prezidentimiz barcha sportchilarimiz, ularning murabbiy va ota-onalarini qo‘lga kiritilgan yuksak yutuqlar bilan tabrikladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarning o‘ziga xosligi, yoshlarning qiziqishi va iqtidoridan kelib chiqib, 56 ta sport maktabi olimpiya sport turlariga moslashtirildi. Ushbu maktablar milliy terma jamoalarga asosiy zaxira bo‘ladi.

Shu bois, hududlardan tanlab olingan eng sara yoshlar bu maktablarda individual reja asosida maqsadli tayyorlanadi.

Viloyat hokimlari oldiga ushbu 56 ta sport maktabini yotoqxona va zarur sport jihozlari bilan to‘liq ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Sport vazirligiga bu maktablar uchun ilg‘or xorijiy tajriba va chuqur ilmga asoslangan metodika yaratish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yilda ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rag‘batlantirib boradi.

Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili 10-20-dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.

Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.

Bunda 1-2 kurs o‘quvchilariga stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Raqamlashtirishni keng joriy qilish orqali iqtidorli sportchilarni topish, saralash va ularni tayyorlash bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinadi.

Buning uchun alohida raqamli platforma ishga tushiriladi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning u yoki bu sportga qobiliyati aniqlanib, elektron platformaga kiritiladi. Sport maktablari bu mezonlar asosida o‘ziga yoshlarni tanlab, jismoniy va psixologik tayyorlab boradi. Sportchilarning kundalik natijalari, erishayotgan yutuqlari ham yagona elektron tizimga joylashtiriladi.

Sport federatsiyalari ham eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlarni terma jamoa yig‘inlariga chaqirib, ularni seleksiya qilib boradi. Terma jamoaga jalb qilingan yoshlar uchun jismoniy ko‘rsatkichlarni monitoring qiladigan raqamlashgan tizim yaratiladi.

Natijada sportchilarning ko‘rsatkichlari xorijiy yoki tor soha mutaxassislariga onlayn yuborilib, tavsiyalar olish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, sportchilar kasal bo‘lganida, ular qanday dori vositalarini iste’mol qilishi mumkin yoki mumkin emasligi bo‘yicha platformada onlayn konsultatsiyalar berib boriladi. Buni hisobiga doping bilan bog‘liq noxush holatlarni oldi olinadi.

Eng muhimi, bu tizim nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylari faoliyatini ham baholab borishga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yig‘ilishda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoshlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilishga barcha tumanlarda birdek e’tibor qaratilmayapti.

Misol uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning o‘tgan yilgi mavsumida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.

Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari o‘tkazib boriladi. Ularga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb etiladi.

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.

Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajerlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.
〰️〰️〰️

Maktab o‘quvchilarini sportga jalb etishning bugungi holati ham talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Endi har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida 1 tadan to‘garak bo‘lishi shartligi belgilandi.

Buning uchun Sport vazirligi o‘z tizimidagi barcha sport maktablari trenerlarini umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga biriktiradi.

Federatsiyalar har bir tumanda bittadan umumta’lim maktabini tanlab, o‘z yo‘nalishidagi sport turiga moslashtiradi. Ularni malakali murabbiy va sport inventarlari bilan ta’minlaydi.

Maktablar o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinadi.

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar seleksiya qilib boriladi, maktablar esa kerakli sport inventari bilan ta’minlanadi.

Natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari alohida rag‘batlantiriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda nafaqat sport, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.

Aholi o‘rtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste’moli keskin kamayib, tuz va shakar iste’moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta o‘limga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, "Sog‘lom inson – sog‘lom millat" umummilliy harakati boshlanadi.

Mutasaddilarga sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yo‘nalishda xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi ta’kidlandi.

Umuman, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qo‘yish zarurligi, "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi qonunni qisqa muddatda tubdan qayta ko‘rib chiqib, bugungi zamon talablariga moslashtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlari, sport sohasi vakillarining takliflari tinglandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг спорт масалалари юзасидан ўтказилаётган видеоселектор йиғилишидаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X