Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣"Milliyligimiz-g'ururimiz faxrimiz"

Milliy liboslar – xalqimiz madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan noyob merosdir. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish, balki har bir tikilgan gul, har bir naqsh bilan tarixdan hikoya qiladi.

Bugungi kunda milliy liboslar zamonaviy uslublar bilan uyg‘unlashib, kundalik hayotimizga ham kirib keldi. Ularni kiyish nafaqat go‘zallikni, balki milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni namoyon etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Termizdagi Xalqaro transport-logistika xabiga BMTning yangi maqomi berildi

Bugun Termizda joylashgan Xalqaro transport-logistika xabiga BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Global ta’minot tarmog‘i maqomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMT vakolatxonasi, Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining hududiy ofisi va uning Afg‘oniston bo‘limi mutasaddilari, Surxondaryo viloyati hokimligi, Chegara qo‘shinlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda BMT va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning Afg‘oniston hamda boshqa mamlakatlarga gumanitar yordamini markazlashgan, tizimli, maqsadli yetkazilishini ta’minlash uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Xabdan gumanitar yordam ko‘rsatish uchun foydalanayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlat vakillariga barcha sharoit yaratilgan. Uning BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Global ta’minot tarmog‘iga kiritilishi bu boradagi ishlarni yanada samarali yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/686991

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Саида Мирзиёева:

Бугун Ўзбекистон олима аёллари форумида Халқаро илм-фан соҳасидаги аёллар кунини нишонлаяпмиз. Мамлакатимизда илм-фан соҳасида хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш устувор аҳамиятга эга эканидан фахрланаман.

Рақамларнинг ўзи айтиб турибди: Ўзбекистонда олимларнинг 48 фоизи аёллар! Уларнинг изланишлари, кашфиётлари ва фидойилиги илҳом бахш этади ва илм-фан уларга, улар эса илм-фанга кераклигини кўрсатади.

Биз халқаро ҳамжамият билан илм-фан тинчлик ва фаровонликка хизмат қиладиган келажакни бунёд этиш йўлида биргаликда ҳаракат қиламиз!


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз айтганларидек, "оқила ва ўқимишли оналар миллатнинг буюк келажагини яратади", - Саида Мирзиёева


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumida barcha mahallalar ishtirok eta oladi

📄 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi 787-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonida ketma-ket ikki marta g‘olib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi ikki mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.

Bunda, mahallalarning g‘olib loyihalari soni 2024-yilgi 2-mavsumdan boshlab hisoblanadi.

📹 Video orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

#open_budget #tashabbusli_budjet

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1