Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.87K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun viloyat hokimligida davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, faollar hamda nuroniylar ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan Termiz shahridagi "Surkhon Sandwich" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Raupov Baxrom Qayumovichga davlat mukofotini tantanali topshirdi.

Viloyatimiz rahbari Prezidentimizning vohamiz tadbirkorlari hamda faol fuqarolarining xizmatlariga e’tibor qaratib, munosib rag‘batlantirayotganliklari surxondaryoliklarga katta ko‘tarinkilik va shijoat berayotganligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz surxondaryolik tadbirkor Baxrom Raupov bilan muloqot qilib, uning faoliyatini e’tirof etgan edilar.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Termiz shahrida buyuk bobokalonimizning ijodiy merosini o‘zida aks ettirgan Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda buyuk mutafakkir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi o’rinbosari Ilhom Saparov ishtirok etib, buyuk bobokalonimiz yaratgan o‘lmas asarlari xalqimizning boy ma’naviy merosida, xususan, yoshlar tarbiyasida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

Madaniy tadbirda Alisher Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar kuylandi hamda "Alisher Navoiy" spektaklidan parcha namoyish etildi. Yakunda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ziyolilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

#Termiz_shahri #AlisherNavoiy #584yilligi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM