Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.7K photos
4.88K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
✏️Bugun 7-fevral haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

💬#bayramlar

Butunjahon ovoz chiqarib o‘qish kuni.

Global maktab o‘yinlari kuni.

Yong'in o‘chirish vositasining tug‘ilgan kuni.

🇺🇸AQSh – Qizlar va ayollar sporti kuni.

🇺🇸AQSh – Atirgul kuni.

🇷🇺Rossiya – Yong‘in o‘chiruvchilar kuni.

💬#muhim_voqealar

1568 – Yevropaliklar Solomon orollarini kashf etdilar.

1999 – O‘zbekiston rus akademik drama teatrining qayta qurilgan yangi binosi tantanali ochildi.

1992 – Oʻzbekiston va KXDR oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

💬#tavalludlar

1812 – Charlz Dikkens – ingliz yozuvchisi, tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan.

1870 – Alfred Adler – Avstriyalik psixiatr va psixolog. Psixoanalizning individual psixologiya yoʻnalishiga asos solgan.

1900 – Rafiq Mo‘min – o‘zbek shoiri, dramaturg, pedagog.

1947 – Norto‘xta Qilich – O‘zbek yozuvchisi.

1992 – Irina Sharipova – rossiyalik fotomodel, “Dunyo goʻzali” tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Shuningdek, mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda yutubdagi https://youtu.be/6k_vYfmSP_4?si=bUdJFtnRXBadewlF sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz amaliy natijalarga boy bo‘lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ayni vaqtda navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishmoqda.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani, qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘lgani, xizmatlar 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshgani (o‘sish – 3,5 barobar) qayd etildi.
〰️〰️〰️

Servisni rivojlantirish bo‘yicha vazir va hokimlarda yondashuv har xilligi, birgalikda ishlash yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Yetti yilda xususiy klinikalar soni 3 karra oshdi. Ko‘p klinikalar olib kelingan brend tibbiy uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 6 oygacha cho‘zilayotganidan norozi bo‘lib, chetdan keladigan uskunalarni soddalashgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifini beryapti.

Joylarda tibbiy laboratoriya ochish uchun tadbirkorlar akkreditatsiyadan o‘tishga oylab vaqt sarflayapti. To‘siqlar juda ko‘p. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir viloyatda 10 nafardan shunday tadbirkorlar bor. Ular 1 million dollardan pul tikib, laboratoriya ochishga tayyor.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Tibbiyot, aviatsiya va energetikada xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar 20 milliard dollardan oshdi.

Lekin, ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘l qurilishida bunday loyihalar deyarli yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Sharoit yaratib berilsa, 1 milliard dollar sarmoya kiritib, 10 mingta ish o‘rni qilaman, degan mahalliy tadbirkorlar juda ko‘p.

Uch yil oldin 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo va servis obyektlari qurish bo‘yicha imtiyoz berilgan. O‘tgan davrda 209 ta bunday obyektlar qurildi.

So‘nggi to‘rt yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 700 million dollar olib kelindi, bu yil yana 350 million dollar jalb qilinadi. Buning hisobiga kamida 20 mingdan ziyod veterinarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Yil yakunigacha xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmati hajmini 5 baravarga oshirish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Joriy yilda xizmatlar sohasida 2,5 million odamni daromadli qilish rejalashtirilgan

Hamma vazir va hokimlar yangi-yangi xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha har kuni izlanishda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu yilda xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib, 82 milliard dollarga, eksportini esa 8,5 milliard dollarga olib chiqish, sohada 2,5 million odamni daromadli qilish bo‘yicha katta marra olingan.
〰️〰️〰️

Banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.

Bu orqali 50 ming kv metrli noturar joylar muomalaga kirishi, budjetga 70 mlrd so‘m tushum va 100-150 ming ish o‘rni yaratilishi, eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan 15-20 foiz arzonligi qayd etildi.

Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trln so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilangan.

Davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotgani qayd etildi.

Masofaviy xizmat ko‘rsatishni kamida 30 foizga o‘stirishi muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi.

Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.
〰️〰️〰️

So‘nggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bu yildan tumanlarda servisni rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuv yo‘lga qo‘yiladi

Hududlarda 1 ming 156 ta "drayver" loyiha tanlab olinib, tasdiqlangani hamda bu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion so‘m berilishi qayd etildi.

Buning hisobiga tadbirkorlar bilan birgalikda joriy yilda 72 ta sohil bo‘yi dam olish maskanlarini ishga tushirish, 62 ta istirohat bog‘larini zamonaviy qiyofaga keltirish, 154 ta tun-u-kun ishlaydigan turizm va gastronomik ko‘chalarni tashkil qilish, 364 ta yo‘l bo‘yi va boshqa servis obyektlarini barpo qilish rejalashtirilgan.

Magistral va mahalla ichki yo‘llariga katta e’tibor berilmoqda. Lekin xizmatlar rivojiga katta turtki beradigan tumanlararo yo‘llar masalasi ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan hokimliklar oldiga 50 ta tumanlararo yo‘l infratuzilmasini yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida ijtimoiy soliq imtiyozi uzaytirildi

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib qoldirildi. Oxirgi ikki yilda mazkur imtiyoz samarasida korxonalar soni 1,5 barobar oshdi, ish o‘rinlari 220 mingga ko‘paydi va ish haqi 3,2 karraga o‘sdi.

Imtiyoz muddati yana uch yilga uzaytirilib, u servis korxonalarida 30 yoshgacha bo‘lgan va oylik maoshi kamida 3 million so‘m bo‘lgan xodimlarga nisbatan qo‘llanadi. Shu bilan birga, "konvertda" ish haqi to‘lash holatlariga qarshi nazorat kuchaytiriladi.

Shuningdek, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni yengillashtirish maqsadida qisqa muddatli shartnomalar joriy etilishi belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mutasaddilarga 1-martga qadar 11 ta, 1-oktyabrgacha yana 18 ta  davlat xizmatini xususiy sektorga berish choralarini ko‘rish topshirildi.

Har bir vazirlikka o‘z tizimidagi qaysi xizmatni xususiy sektorga, jumladan autsorsingga berish va yangi xizmatlarni joriy qilish mumkinligi bo‘yicha taklif tayyorlash topshirildi. Bu borada Raqobat qo‘mitasining mas’uliyati belgilandi.

Tadbirkorlarda yer uchastkalari va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish shartlari bo‘yicha savollar ko‘pligi bois, bu borada ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish va e’lon qilish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.

Yangi farmonga ko‘ra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10-yilga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi.

To‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi belgilandi.

Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X