Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38.1K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar Manguzar” mahalla fuqoralar yig‘inida joylashgan 20-sonli hamda “Kattabog’” mahallasida joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonasida yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini bolalarga mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, teng huquqiylik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida fikr va mulohazalarni bildirib o‘tdilar.

Foto mobil tasvirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Tazyiq va zo‘ravonlikdan yangi hayot sari: Muhabbat Aralova "Inson" markazi ko'magi bilan yangi hayot boshladi

Turmush o'rtog'im meni ko'p urardi, bazida  haydab yuborardi. Uysiz joysiz edim. Horijga borib ishladim ishim o'xshamadi. Hayot qiyinchiliklari bilan ko'p qiynalganimdan odamlarni ko'rishni, ular bilan suhbat quilishni juda yomon ko'rardim. Faqat yig'lagim kelardi.


Muhabbat Aralovaga “Inson” markazi tomonidan psixologik hamda yuridik xizmatlar koʻrsatildi.

"Inson"  ijtimoiy xizmatlar markaz tomonidan "Ijtimoiy uy"ga joylashtirildi.

Muhabbat opanining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalla "yettili"gi  tomonidan kredit olishda  ko‘maklashildi.

Muhabbat opaning sog‘ligini tiklash maqsadida "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan pul ajratildi.

⚠️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar “Ishonch telefoni 1146” ga,  “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, yoki ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuala-Lumpurda tantanali kutib olindi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 4
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘lasidan samarali foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hamda eski turar joylarning fasad qismini ta’mirlash loyihalari bilan tanishdi.

Shuningdek, turizm ko‘chasi bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan kollektorning 1,2 km qismini zamonaviy drenaj usulida yopish jarayoni bilan tanishildi. Jumladan, kollektorni yopiq drenaj tizimiga aylantirish uchun olib kelingan quvurlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha doirasida maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari, servis markazlari tashkil etish orqali ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan.

Shahar bo‘ylab o‘rganish ishlari yakunida "Boqiy shahar" turistik majmuasi qurilishi bilan ham tanishildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish va majmuani "Navro‘z" bayrami arafasida tashrif buyuruvchilar uchun ochish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi Termiz shahrining infratuzilmasini rivojlantirish, aholi va mehmonlarga qulay sharoit yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 4
🗣Bugungi kunning qadri: Surxondaryoda nuroniylar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazildi

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Qahramoni, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi, Senator Sodiqjon Turdiyev ishtirokida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, bugun voha nuroniylari Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi va "Yangi O‘zbekiston" bog‘i qurilishi bilan tanishdilar hamda Al-Hakim at-Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "Nigina" tantanalar saroyida "Bugungi kunning qadri" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda faxriylar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashish borasida nuroniylarning hissasi beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir doirasida bir guruh nuroniylarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va sihatgohlarga yo‘llanmalar topshirildi.

Shuningdek, harbiy qismda viloyat harbiy prokurori, nuroniylar, harbiy xizmatchilar, faxriy harbiylar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugunning qadriga yetish hamda nuroniylarning hayot  tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 4