Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
38.1K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
📌 Termiz shahar || Aholi murojaatlari yechim topmoqda

Fuqarolar murojaatini tinglash, ularning muammolarini hal etish bugungi kunda har bir rahbar xodimning mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi.

🔂 Termiz shahrida fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash borasida keng ko’lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔂 Jumladan, bugun shahardagi “San’at saroyi” binosida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Jarayonda Respublika ishchi guruhi Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minoti” AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda dastavval shahar hokimi O’.To’rayev tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 30 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab o‘tilgan vazifalar, maqsad va rejalar xususida ma’lumot va tushunchalar berib o‘tildi.

🔂Ushbu sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezident qabulxonasi, viloyat hokimligi shuningdek, shahar hokimining shaxsiy qabulida ko‘p marotaba qayta murojaat qilgan fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

🔂Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mutasaddi idoralarga murojaatlarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Сурхондарёда миллийлик трендда

“Миллий тренд челленжи” бўйича миллий либосларимизнинг бу галги тарғиботчилари:

● Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси;
● Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармаси;
● Термиз шаҳридаги Боғзор маҳалласи ёшлари;
● Денов туманидаги 10-сонли МТТ тарбияланувчилари.

Миллий либосларимиз барчага ярашади. Челленжда сиз ҳам иштирок этинг!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👏4👍1🎉1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣30 gektar yerdan 4,5-5 milliard so‘m daromad

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan fermer Sherzod Maxmatmurodov uch yillik tajribasi asosida yiliga ikki marta yerdan hosil olishning samarali usulini qo‘llab, 30 gektar yerdan 4,5-5 milliard so‘m sof daromad olishni rejalashtirmoqda.

Hozirda hududdagi boshqa fermerlar 1 gektar yerdan 30-50 million so‘m daromad olayotgan bo‘lsa, ushbu fermer 1 gektardan 150 million so‘mdan ziyod daromad olmoqda.

Shuningdek, fermer o‘z tajribalarini boshqa fermerlarga ham o‘rgatib, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishga hissa qo‘shmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
“Uch avlod uchrashuvi – kecha, bugun va ertani birlashtiruvchi rishta”

Bugun Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida bo’lib o’tgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri, uch avlodning bir joyga to‘planib, o‘zaro tajriba almashish va kelajak haqida fikr yuritish imkoniyatini yaratdi. Tadbir, o‘tgan va hozirgi davrni birlashtirib, kelajakka bo‘lgan umid va ishonchni mustahkamlashga qaratildi.

Uchrashuvda uch avlod vakillari o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot o‘rnatildi. O‘tmishdagi tajriba va bugungi kunning imkoniyatlari birlashtirilib, kelajakka bo‘lgan qarashlar o‘rtasida mustahkam rishtalar o‘rnatildi.

Bu tadbirning asosiy maqsadi — avlodlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish, tarixni qadrlash va kelajakni birgalikda qurishga hissa qo‘shish edi. “Uch avlod uchrashuvi” jamiyatimizda yangi g‘oya va ilhom manbai bo‘lib, o‘zaro hurmatni mustahkamlaydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Bugun Termiz shahridagi “San’at saroyi” binosida ommaviy sayyor qabul bo’lib o’tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📖Termiz shahrida olimpiada g’olib va sovrindorlari taqdirlandi

Joriy o’quv yilida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Tataristonning “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi hamkorligida maktablarning 9-11-sinf o’quvchilari o’rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanlari bo’yicha olimpiada o’tkazildi.

➡️Unda Surxondaryo, Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidan 2 mingdan ortiq o’quvchilar ishtirok etgan bo’lsa, ularning 1 ming 600 nafari aynan surxondaryolik o’quvchilarni tashkil etadi.

🌎Quvonarlisi, Denov tumanidagi 74-maktab o’quvchilari ushbu olimpiadada 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-o’rinlarni qo’lga kiritishdi.


⭐️Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Xusniddin Mamadiyev hamda “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi direktorining o’rinbosari Ildar Tazutdinov ishtirokida taqdirlash marosimi o’tkazildi.

📚Unda olimpiada g’olib va sovrindorlari, faol ishtirokchilari hamda ularning ustozlariga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

💠Shuningdek, “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi bilan keng hamkorlik yo’lga qo’yish va mazkur olimpiadani o’tkazishda yaqindan yordam berganligi uchun boshqarma boshlig’i hamda boshqarmaning bir guruh xodimlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2