Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Respublika ishchi guruhi vakili hamda Termiz shahar hokimi O’.To’rayev boshchiligida Termiz shahrida sanoat, qurilish infratuzilmalari, xizmat ko‘rsatish, eksport, investitsiya, tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikni oldini olish, yashil energiya, yashil tamoyil, yashil makon, sport, yoshlar masalalari va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni rivojlantirish bo’yicha sohalarda natijadorlikni oshirish, samarali ishlarni tashkil etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan muhokama bo’lib o’tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, Termiz shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish va shaharda barqaror, innovatsion rivojlanishni ta’minlash borasida aniq rejalar tuzildi va bu borada mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣UzA | Abdurahmon ibn Yaqub: Termiziylar asarlarini, Imom Termiziy to‘plagan hadislarni o‘qib voyaga yetganmiz

Joriy yilning 31-yanvaridan 7-fevraligacha mamlakatimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridagi Naqshbandiya tariqatining Oltin silsila pirlari ziyoratgohlari bo‘ylab "Naqshbandiya festivali" ziyorat tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yashab o‘tgan buyuk mutafakkir zotlarning hayoti va boy ilmiy merosini o‘rganish, chuqur tadqiqotlar olib borib, jahonga tarannum etishga qaratilayotgan yuksak e’tibor dunyo sayyohlarining yurtimizga qiziqish hamda intilishini oshirishga, ziyorat turizmini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

💬Batafsil: https://uza.uz/posts/684074

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | Inson hayoti — bebaho ne’mat!

Bugun Termiz shahar Kengashi apparat rahbari, deputatlari, “Ayollar qanoti” vakili, Termiz shahar favqulodda vaziyatlar hamda shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ishtirokida “Bog‘ishamol” mahallasidagi Farovon massivida hamda “Nurli avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotida “Inson hayoti — bu bebaho ne’mat, u barcha narsadan ustundir” tamoyili asosida “Ogoh bo‘ling —  is gazi ” aksiyasi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda xonadonlar, ko‘p qavatli uylar, korxona va tashkilotlarda gaz asbob-uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazi va gaz havo aralashmasining chaqnashini oldini olish bo‘yicha aholiga tushunchalar berildi.

Foto mobil tasvirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Termiz shahar | Jamoatchilik nazorati - fuqarolik jamiyati rivojida muhim omil

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahridagi 26-umumta’lim
maktabida Surxondaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan korrupsiya jinoyatining oldini olish va turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha seminar tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun 4-fevral haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar

Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni.

Xalqaro insonlar birodarligi kuni.

#muhim_voqealar

1789 – Jorj Vashington birinchi AQSh prezidenti etib saylandi.

1911 – Rolls-Royce o‘z avtomobillari uchun emblemani o‘rnatdi.

1994 – Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996-yildan UzPAK) tashkil etildi.

1994 – Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.

1998 – “Ustoz” jamg‘armasi tashkil topdi.

2004 – Facebook ishga tushdi.

#tavalludlar

1494 – Fransua Rable – fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri.

1906 – Klayd Uilyam Tombo – amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan.

1947 – Abirqul Boʻtayev – tarixchi olim va muzeyshunos, Samarqand viloyatida 1984-yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan.

1989 – Valentina Gunina – rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 4-fevral sanasi “Saratonga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan.

Saraton kasalligini oldini olishning eng samarali usullaridan biri bu – sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilsih, jismoniy faol bo‘lish, uyquga ketish va uyg‘onish rejimiga qat’iy rioya qilish hisoblanadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryolik o‘quvchi AQSH oliygohining 260 ming dollarlik grandi sohibi bo‘ldi

Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Abroriddin Holliyev AQSHning Nyu York shahrida joylashgan Hobart and William Smith Colleges oliygohiga 268 000 dollar miqdoridagi 100 foizlik grand asosida oʻqishga qabul qilindi.

Mazkur oliygoh AQSHning tarixiy oliygohlaridan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha ham o‘z nufuziga ega hisoblanadi.

Abroriddinga kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Termiz shahar || Aholi murojaatlari yechim topmoqda

Fuqarolar murojaatini tinglash, ularning muammolarini hal etish bugungi kunda har bir rahbar xodimning mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi.

🔂 Termiz shahrida fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash borasida keng ko’lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔂 Jumladan, bugun shahardagi “San’at saroyi” binosida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Jarayonda Respublika ishchi guruhi Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minoti” AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda dastavval shahar hokimi O’.To’rayev tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 30 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab o‘tilgan vazifalar, maqsad va rejalar xususida ma’lumot va tushunchalar berib o‘tildi.

🔂Ushbu sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezident qabulxonasi, viloyat hokimligi shuningdek, shahar hokimining shaxsiy qabulida ko‘p marotaba qayta murojaat qilgan fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

🔂Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mutasaddi idoralarga murojaatlarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM