Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar hokimi O'.To'rayev boshchiligida barcha sektor rahbarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida jami 30 dan ortiq fuqarolar va yoshlarning 40 ga yaqin murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganish muddat talab etadigan murojaatlarni yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi va bir necha murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ertaga Termiz shahrida Respublika ishchi guruhi sayyor qabuli bo’lib o’tadi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullar o‘tkaziladi.

Ma’lumot o’rnida, ertaga 4-fevral soat 10:00 da Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasi hududida joylashgan “San’at saroyi” binosida ommaviy qabul bo’lib o’tadi.

Tadbirlarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minoti” AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Nuroniylarimizning tajriba va hikmatlari yoshlarga ulkan o‘rnak bo‘lib, yurtimizni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi

Bugun, Termiz shahriga O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadidagi “Nuroniy” jamg’armasi respublika boshqaruv raisi, O’zbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev rahbarligida bir guruh nuroniylar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, Respublika “Mahalla” telekanali uchun “Otalar choyxonasi” dasturining 2025-yilgi ilk ko’rsatuvining tasvirga olish jarayoni boshlandi. Ko’rsatuvda, Surxondaryo viloyati “Nuroniy” jamg’armasining 2024-yilda erishgan yutuqlari bilan tanishildi.

Ushbu jarayonga viloyat hokimligi, “Nuroniy” jamg’armasi Surxondaryo viloyati bo’limi raisi Soatov Orziqul Chorshanbiyevich va Termiz shahar bo’limi raisi Toji Berdiyevlar hamroh bo’ldi. Ko’rsatuvning to’liq variantini tez orada “Mahalla TV” orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM