Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlar infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, "yashil" belbog‘larni parvarishlash, daraxt ko‘chatlari ekish, yo‘llarni ta’mirlash, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, shuningdek, korxonalar faoliyati, qishloq xo‘jaligi maydonlarida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri hamda Termiz, Jarqo‘rg‘on, Angor va Sherobod tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, Termiz xalqaro aeroportining kutish zalini ta’mirlash, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarida turar joylar, ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari qurilishi, Angor tumani "Bahor" mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, mahsulotlar yetishtirish va eksportga yo‘naltirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash, yer maydonlarini mavsumga tayyorlash ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, "Bahor" mahallasida joylashgan "Top Quality Brand" MCHJning terini qayta ishlash korxonasi faoliyati hamda ushbu hududda tashkil etilayotgan "Bahor" charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishi ko‘zdan kechirildi. Loyihani sifatli amalga oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat rahbari M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod tumanidan Termiz shahrigacha bo‘lgan qismi atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash ishlarini ham o‘rganib, mutasaddilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

Hududlarga tashrifidan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri markazida qad rostlashi kutilayotgan "Termiz sity mall" loyihasining qurilishiga start berdi. Shaharning zamonaviy qiyofasi va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiluvchi mazkur loyihaning amalga oshirilishi hisobiga ko‘plab xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari hamda ko‘ngilochar maskanlar barpo etiladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bisqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram