Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi.
Termiz shahrida joylashgan "Yoshlar markazi" binosida Malayziyada o'tkazilgan xalqaro "SEAMO-X 2025" olimpiadasi final bosqichining
27 nafar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o’rinbosari I.Saparov, Termiz shahar hokimi O’.To’rayev, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev, Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i A.Xurramov hamda bir qator tashkilot va korxona rahbarlari, faol yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirda xalqaro olimpiada sovrindorlariga qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi va ularning ota-onalari hamda ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Журналист ва блогерлар учун семинар ўтказилди
Бугун Сариосиё туманида Сурхондарё вилояти ҳокимлиги, вилоят ахборот ва оммавий коммуникациялар, адлия бошқармалари ҳамкорлигида журналист ва блогерлар учун семинар ташкил этилди. Унда АОКБ бошлиғи Заҳириддин Тўраев, адлия бошқармаси “Ҳуқуқий ахборот” бўлими бошлиғи Абдумўмин Раҳмонов, бўлим бош маслаҳатчиси Бунёд Авазов ҳамда бир гуруҳ журналист ва блогерлар иштирок этди.
Семинар давомида бугунги кун журналистикаси ва блогосфераси олдида турган энг муҳим масалалар, мавжуд муаммолар таҳлил қилинди. Соҳадаги ҳуқуқ ва мажбуриятлар, сўз эркинлиги ва шахсий ҳаёт дахлсизлиги борасидаги ҳуқуқий ва ахлоқий чегаралар, сифатли, фойдали контентлар сони ва салмоғини ошириш юзасидан ўзаро фикр, тажриба алмашилди.
🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahridagi "Vatanparvarlar" bog‘ida Termiz botanika bog‘i, mehmonxona, restoran va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, Said otaliq madrasasi hududida tadbirkorlik servis xizmatlari tashkil etish, "Termiz hayvonot bog‘i"ning rivojlantirish rejalari, xususiy telekanal tashkil etish hamda madaniyat muassasalarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, dam olish maskanlari qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ularning ertangi istiqbollari, iqtisodiy samaradorligini inobatga olish, sohaning malakali mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mutasaddilarga tashabbuslarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish, tasdiqlangan loyihalarni boshlash yuzasidan tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatish vazifalari belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X