Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
37.8K photos
4.91K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Viloyatimiz rahbari joriy yil 19-yanvar kuni Termiz shahri mahallalarida infratuzilma bilan tanishuvi davomida "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan kollektorni zamonaviy yopiq drenajga aylantirish orqali tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ish o‘rinlarini ko‘paytirish topshirig‘ini bergan edi.

Bugun mazkur loyiha qurilishiga start berildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, loyiha tashabbuskorlari, shahar mutasaddilari hamda faollar va nuroniylar ishtirok etdi.

Loyiha doirasida kollektorning 1,2 km qismida sizot suvlarining chiqib ketishini ta’minlagan holda ustini yopish orqali qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bunda kollektor faoliyatini to‘xtatmasdan hamda yerning meliorativ holatini saqlagan holda bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Hududda maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va avtoservis joylari hamda boshqa obyektlar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratish bilan birga tashlandiq joyning obod bo‘lishiga, infratuzilmaning yaxshilanishiga erishiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X