Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahrining "Tuproqqo‘rg‘on" va "O‘zbekiston" mahallalarida infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.
Shahar rahbarlari hamda mahallalar "yettiligi" amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash uchun rejalashtirilgan loyihalarni taqdimot qildi.
Mutasaddilarga yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda noqonuniy qurilishlar, infrastrukturaga ziyon yetkazgan qazish ishlarini bartaraf etish hamda ushbu holatlarni sodir yetganlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish vazifalari topshirildi.
Shundan so‘ng, Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan tadbirkorlar bilan muloqot qilish va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz tumanida joylashgan "Termez National Carpets" MCHJning gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurildi. Tadbirkorlar bilan faoliyatidagi mavjud muammolar tinglandi hamda mutasaddilarga ularni hal etish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Viloyatimiz rahbari joriy yil 19-yanvar kuni Termiz shahri mahallalarida infratuzilma bilan tanishuvi davomida "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan kollektorni zamonaviy yopiq drenajga aylantirish orqali tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ish o‘rinlarini ko‘paytirish topshirig‘ini bergan edi.
Bugun mazkur loyiha qurilishiga start berildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, loyiha tashabbuskorlari, shahar mutasaddilari hamda faollar va nuroniylar ishtirok etdi.
Loyiha doirasida kollektorning 1,2 km qismida sizot suvlarining chiqib ketishini ta’minlagan holda ustini yopish orqali qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bunda kollektor faoliyatini to‘xtatmasdan hamda yerning meliorativ holatini saqlagan holda bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Hududda maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va avtoservis joylari hamda boshqa obyektlar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratish bilan birga tashlandiq joyning obod bo‘lishiga, infratuzilmaning yaxshilanishiga erishiladi.