Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahrining "Farhod", "Abdulla Avloniy" va "Shodlik" mahallalarida obodonlashtirish ishlarining borishi, infratuzilmalarni yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish hamda "yashil" hududlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, bu borada shahar mutasaddilari hamda mahallalar "yettiligi"ning hisobotlari eshitildi.
Ayrim ko‘chalar bo‘ylab ekilgan daraxt ko‘chatlari sug‘orish tizimining nosozligi va yetarlicha parvarish qilinmagani sababli qurib qolganligi tanqid qilindi. Viloyat rahbari har bir ko‘chat ertangi musaffo tabiatning bir bo‘lagi ekanligini, ekologik muammolar insonlar salomatligida aks etayotganligini ta’kidlab, aholi salomatligini asrash uchun ham "yashil" hududlarni kengaytirishga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini qayd etdi.
Tashrif davomida shahar mahallalarida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi
Prezident Farmoni bilan, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.
Xususan,
🏅"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
▪️Xo‘jamqulov Abdivaxid Musayevich - Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i taqdirlandi.
👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni Surxondaryo viloyatida ham katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
Xususan, bayram tantanalari Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida harbiy orkestr musiqa sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni xotirasini yod etish tadbirlari bilan boshlandi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi – Harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
Tantanali tadbirda Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotganlarning bir guruhi viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qurolli Kuchlar orkestr va ansambl jamoalari hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi osoyishta yurt posbonlariga bayram kayfiyatini ulashdi.