Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahridagi "Mustaqillik" maydonida o‘rnatilgan viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archasi atrofida turli ko‘ngilochar tadbirlar, shou konsert tomoshalari, bolalar uchun har xil o‘yinlar tashkil etilgan.

Shuningdek, xalqimizning bayram kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida poytaxt Toshkentdan tashrif buyurgan estrada xonandalari hamda vohamiz san’atkorlari ishtirokida konsert tomoshalari o‘tkazilmoqda.

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova o‘z chiqishlari bilan vohadoshlarimizga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Kunlik konsertlar dasturi rejasi bilan
bu yerda tanishishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati o‘rganildi

Termiz shahar hokimi O’.To’rayev shahardagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. Yangi yil bayrami oldidan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, dasturxonlar to‘kin-sochinligi uchun narx-navolarning arzon bo‘lishini qat’iy nazoratga olinganligiga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga bayram dasturxonlari uchun zarur mahsulotlarning uzluksiz sotilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

#Termiz_shahar #Yarmarka #yangiyil #yashildunyo

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram