Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Manguzar" mahallasida joylashgan viloyat Hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda ishsiz xotin-qizlarni hunarga o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini kengaytirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, shaharning "Guliston" mahallasida joylashgan mol bozorida "Zoom" platformasi orqali vohamizning barcha hududlaridagi bir kunlik mol bozorlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, Qiziriq va Bandixon tumanlarida savdo komplekslari, bozor va savdo nuqtalari tashkil etish taqdimotlari ham ko‘rib chiqildi.

Keyingi manzilda "Sarvarbek Moxina" oilaviy korxonasining issiqxonada qulupnay yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Mazkur korxona tajribasini ommalashtirgan holda, "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili asosida 10 gektar maydonda tashkil etiladigan kooperatsiya loyihasi ko‘rib chiqildi. Doimiy 30 ta, mavsumiy 60 ta ish o‘rni yaratiladigan ushbu loyihani puxta amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Hududlarga tashrifini Termiz tumanida davom ettirgan viloyat rahbari "At-Termiziy" mahallasida 14 gektar maydonni kooperatsiya asosida yoshlarga bo‘lib berish tadbirida ishtirok etdi hamda "Yangi hayot" mahallasida joylashgan bo‘sh bino negizida "Gm avto zapchast service" xususiy korxonasi tomonidan plyonka va issiqxona materiallari tayyorlash sexi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Tashrif so‘ngida tuman markazidagi "Uchqizil" mahallasining aholi gavjum nuqtasida turli xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan majmua qurilishiga start berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | «Qorbobo karvoni» loyihasi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahri va Termiz tumanida qator loyihalar faoliyati bilan tanishib, yangilariga start berdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram