Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "O‘zbekiston" mahallasida joylashgan, kapital rekonstruksiya qilingan markaziy qozonxona faoliyati, hududdagi ko‘p qavatli turar joylarni isitilishi holati bilan tanishdi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida qozonxonalarni energiya tejamkor jihozlar bilan ta’minlash, samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishildi. Viloyat rahbari BSKlar faoliyatini jonlantirish, qishning sovuq-qirovli kunlarida birinchi navbatdagi aholi turar joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan ta’minlash muhimligini qayd etdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati navbatchilik shtabiga "Alpomish" mahallasi fuqarolari tomonidan kommunal xizmatlar sifatsizligi yuzasidan kelib tushgan shikoyati joyiga borgan holda o‘rganildi.

Viloyat hokimi aholi bilan muloqot qilib, ko‘p qavatli turar joyda xonadonlarning isitilishini kirib ko‘rdi. Mahalla "yettiligi" va hududga xizmat ko‘rsatuvchi BSK rahbarining axborotlari tinglanib, xizmatni yetarli darajada tashkil etilmaganligi uchun tegishli choralar ko‘rish, aholini energiya resurslari, jumladan, issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha tezkor tadbirlarni bajarib, muammoni bugunning o‘zida hal etish topshirig‘i berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
“Prezident sovg‘asi” Surxondaryo viloyatiga yetib keldi

O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, bugungi kunga kelib Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 15 yoshgacha chin yetim(ota onasi vafot etganlar) shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 turdagi o‘quv qurollar va 15 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 630 dona Prezident sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Prezident sovg‘a”lari Surxondaryoga yetib keldi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimiz shahar va tumanlarida ham "Prezident archasi" teatrlashtirilgan bayram tomoshalari boshlandi.

Xususan, Termiz shahridagi "Iceberg" ko‘ngilochar maskanida o‘tkazilgan bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. Unda 3-15 yoshdagi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 18 yoshgacha bo‘lgan Oilaviy bolalar uylari, Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalari Vatan tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari va 15 turdagi shirinliklardan iborat "Prezident sovg‘a"larini topshirdi.

Ma’lumot uchun, viloyatimizda 380 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 33 nafar Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga, 35 nafar ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan xodimlarning farzandlariga hamda 145 nafar Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga "Prezident sovg‘a"lari topshirilmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X