Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
📢 Diqqat e'lon: Ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, tarmoqdagi mahallalarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi

🚰 Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootidan joylarga suv tarqatuvchi 300 mm o‘lchamdagi quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

📍 Shu sababli ta’mirlash va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 21-dekabr kuni soat 11:00 dan 20:00ga qadar Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Do‘stlik;
Saxovat;
Turon;
Navro‘z;
Tinchlik;
Shodlik;
Shifokor;
Ma'rifat;
"Abdurahmon Jomiy" mahallalari.

❗️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» AJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi avvalida Termiz shahridagi "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori hududida "Surxoncha sifat va arzonlashtirilgan mahsulotlar" savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat rahbari mutasaddilar bilan yarmarkada mahsulotlarning yetarliligi, arzon narxlarda sotilishi hamda mavjud zaxiralar bilan tanishdi. Bayramda dasturxonlar to‘kin bo‘lishi uchun arzonlashtirilgan yarmarkalarda faqatgina asosiy turdagi emas, aholining ehtiyoji, talabini qondirish uchun barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga kunlik ehtiyojdan kelib chiqib, yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarining savdoga chiqarilishini ta’minlash, narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, zaxiralarni saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda talabni inobatga olib to‘ldirib borish vazifasi topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Termizda Yangi yil bayrami shukuhi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram