Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Qish fasli kirib kelishi bilan ko‘cha ko‘yda paqildoqlarning yoqimsiz shovqini quloqni qomatga ketiradi. Bu esa ayniqsa yangi yil bayrami arafasida ko‘p uchraydigan holatdir. Bilamizki bolalar orasida pirotexnika vositalariga bo‘lgan qiziqish kuchli, biroq bu vositalar har doim ham insonlarga quvonch ulashavermaydi. Ya’ni undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida bolalar va hatto kattalar ham turli darajadagi tan jarohatlari olishlari ham mumkin.

Shu kabi holatlarni oldini olish, bayram arafasida aholini ayniqsa yoshlarni pirotexnika vositalaridan foydalanmaslikka chaqirish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradova hamda tegishli mas’ullar ishtrokida "Pirotexnika vositalaridan foydalanishning xavfli jihatlari" mavzusida davra suhati o‘tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, aholi sog‘ligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq zamonaviy shifo maskanlari qad rostlamoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Abramatova tashabbusi “Jayhun” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida 6 turdagi tor mutaxassis vakillaridan maslahat ham oldi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘pka kasalliklari, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog‘lom turmush tarzi hamda faol jismoniy harakatning inson salomatligiga hissasi tushuntirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. Bu jarayonda deputatlar ham aholi bilan uchrashib, ularning taklif-istaklari bilan qiziqyapti, hayotda uchrayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilmoqda, mahallama-mahalla yurib, odamlarning dardu tashvishini eshitmoqda.

14-“Bog‘zor” saylov okrugidan saylangan deputat O.Sharofutdinova o‘z saylov okrugidagi “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan sayyor uchrashuvini o‘tkazdi. Fuqarorlar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi.

Shuningdek, deputat faollar ishtrokida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, homiylik sovg‘alarini topshirdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍5
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. Shu bois, keyingi yillarda aholi orasiga chuqurroq kirib borish, xalq bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish deputatlar faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya va shahar Kengashi deputatlari G.Xudaykulova, A.Ashurovlar odamlarning dard-u tashvishlariga sherik bo‘lish, mavjud muammolarga yechim topish maqsadida "21-Jo‘yjangal" saylov okrugida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.
👍1
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallalasida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Sh.Allamurodova, D.Normuradova hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi.
Yuzma-yuz muloqot chog‘ida fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
2👍1