Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
HASHAR - HAMJIHATLIK, OBODLIK VA YARATUVCHANLIK RAMZI

“Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirishda o'rni beqiyosdir. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iboratdir.


Shu kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab tashkil etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi chora-tadbirlar Termiz shahrida ham qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limining tashqi va ichki hududlariga 400 tupdan ziyod archa va boshqa turdagi mevali, manzarali koʻchatlar o'tqazildi..

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli umumta’lim maktabida Diniy ishlar bo'yicha qo'mitasi, Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Termiz shahar bosh mutaxassisi O‘roqov Dilshod va Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya Termiz shahar Bolalar bilan ishlash bo'limi inspektor-psixologi katta leytenant B.Djanmurodov va maktab ma'muriyati hamkorlikda "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida bitiruvchi sinf o'quvchilariga davra suhbati bo'lib o'tdi. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda o'quvchi yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, dinimizga yot bo'lgan g'oyalar, hozirgi global zamonda axborot xavfsizligi kabi masalalar haqida tushunchalar berib o'tildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o'tmoqda.

Bank xizmatlarining mahalla darajasigacha tushirilgani yaxshi natija berayotgani qayd etildi. Ayniqsa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvonda tadbirkorlik muhiti tubdan o‘zgardi, odamlar daromadi oshdi, ertangi kunga ishonch paydo bo‘ldi.
〰️〰️〰️

Yig‘ilishda ayrim rahbarlar "bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi" degan kayfiyatda yurganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bu borada sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi. Ular o‘rniga zamonaviy fikrlaydigan, yangi tajriba yaratib, odamlarimizni rozi qilaman degan tashabbuskor yoshlar ishga olindi.

"Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma o‘zgarishi kerak.

Ko‘rib turibs
izlar, har daqiqa dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat qiyinlashib, yangi-yangi tahdidlar paydo bo‘layapti. Ularga bugun javob topmasak, keyin kech bo‘ladi",

- dedi davlatimiz rahbari.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Prezident: 2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi

2025-yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingan.

Bu maqsadga erishish uchun hududlarning iqtisodiy sektor rahbarlari o‘z ongini o‘zgartirishi, ish tizimi va yondashuvlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishi zarurligi, hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashib, zamon talablariga mos ishlashi muhim ekani uqtirildi.
〰️〰️〰️

O‘tgan 6-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘ldi. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochdi.

Endi banklar mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqishi kerakligi ta’kidlandi. Ularga "Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash" dasturi doirasida shartsiz 300 million so‘m kredit beriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Xalq banki tashabbusi bilan Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy ommaboplik dasturi doirasida 50 million so‘mgacha ortiqcha hujjat va garovsiz kredit berilmoqda. Bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Osiyo taraqqiyot banki dasturga 150 million dollar ajratishga tayyor.

Ushbu namuna asosida kelgusi yilda 9 ta davlat bankiga chetdan 1 milliard dollar kredit jalb qilib, 250 ming odamni daromadli qilish tavsiya qilindi.
〰️〰️〰️

Mutasaddilarga kelgusi yilda 30 ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik va asalarichilik bo‘yicha kooperatsiyalarni ko‘paytirish topshirildi. Bunga 500 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.

Ham investitsiya olib keladigan, ham ko‘p ish o‘rni yaratadigan startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi.

Davlat banklari ham bittadan venchur kompaniya ochib, mahalla startaplariga o‘z mablag‘idan jami 50 million dollar ajratishi muhimligi qayd etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Og‘ir tumanlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha alohida yondashuv joriy qilinishi ta’kidlandi.

Bu tajriba ma’qullanib, sharoiti og‘ir 71 ta tumanga boshqa hududlardan tadbirkorlarni taklif qilish uchun ularga qo‘shimcha kredit, 2025-yilda 1 mingta og‘ir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Umuman, tadbirkorlar qo‘shimcha 31 trillion so‘mlik 3,5 mingta loyiha va 200 mingta yangi ish o‘rni yaratishga tayyor.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion so‘m ajratish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Kam daromadli ekin ekilgan, samarasi past yerlar yirik konturga birlashtirilib, tajribali tadbirkorlarga ikkilamchi ijaraga berilsa, daromad 2-3 karra oshishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yer egasiga ijara haqi va ekilgan mahsulotni sotishdan ulush to‘lanishi ta'kidlandi.

Har bir konturga urug‘, ko‘chat, o‘g‘it tarqatib, yetishtirilgan mahsulotni sotib oladigan tadbirkorlarni yer egalari bilan bog‘laydigan tizim yaratish topshirildi.

Banklar tumanlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, xorijdan malakali agronom, zootexnik, texnolog, muhandis olib kelishga va loyihalar samarasini oshirishga yordamlashishi muhimligi ta’kidlandi.
〰️〰️〰️

Banklar ishtirokida 13 ta tumanda sanoatlashgan plantatsiya tashkil qilish boshlandi. Bu yerlarda "yetishtirish – qayta ishlash – sotish" zanjiri asosida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratilmoqda.

Ushbu tajriba asosida kelgusi yilda yana 50 ta tumanda shunday loyiha tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍2
Prezident banklarni o‘ylantirayotgan qator masalalar borligini ta’kidlab, ularning yechimiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, banklar balansida 3 mingta harakatsiz mulk bor. Banklar ulardan tezroq qutilsa, qo‘shimcha resurs va 150 mingta ish o‘rni yaratish uchun zaxira paydo bo‘ladi.

Shu bois, banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishi belgilandi.

Shuningdek, banklar bu mulklarni daromadli biznesga aylantirib, tayyor holda investorga sotadigan tizim yaratiladi.


Bank huquqlari ustuvorligini ta’minlash, undiruvga qaratilgan mulklarni tezroq sotish, sud orqali undiruv muddati, ortiqcha kelishuv hujjatlari va sud xarajatlarini keskin qisqartirish, garov bilan ta’minlangan qarzlarni sudgacha undirish amaliyotini keng qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Majburiy undiruvga qaratilgan mulklar masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍2