Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida arzonlashtirilgan Yangi yil yarmarkalari ish boshladi

Jonajon shahrimizda Yangi yil bayrami shukuhi esayotgan shu kunlarda hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Ayni paytda joylarda bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun tegishli ishlar olib borilmoqda. Turli ko‘ngilochar tadbirlarga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Joylarda ish boshlayotgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari esa aholining bayram dasturxoni yanada to‘kin bo‘lishini ta’minlab, narx-navo keskin ortib ketishining oldini olishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda savdo yarmarkalarida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yilgan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
SAYYOR QABUL: MUAMMOLARNING IJOBIY YECHIMI

Bugun, Termiz shahar hokimi O'.To'rayev boshchiligida jami 70 ga yaqin fuqarolar va yoshlarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganish muddat talab etadigan murojaatlarni yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi va bir necha murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍7
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 Ҳақиқатан кун совуқ. Кучли шамол. Бу ҳавода иссиқ ўрнингни ташлаб ташқарига чиқишга эринасан. Шундай об-ҳаво шароитига қарамай соҳа мутахассисларининг сизу биз учун меҳнат қилишаётгани, сизу бизнинг ҳаловатимиз учун жон куйдиришаётгани одамга анча илиқлик бағишларкан...

Машаққатли касбингиз орқали топаётганингиз ҳалолингиз бўлсин, Яратган ажрини зиёда қилиб берсин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍24👏4🔥3
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 Бугунги кун қаҳрамонлари

Совуқ забтига олган мана шундай бир пайтда газ таъминотида ҳам турли носозликлар юзага келади, авария ҳолатлари кузатилади. Бундай дамда соҳа ходимлари учун вақтнинг, об-ҳаводаги ҳароратнинг аҳамияти йўқ. Халқнинг корига ярашни ўзимизга мақбул, деб билган бу касб эгаларининг фидокорона саъй-ҳаракатлари туфайли носозликлар ўз вақтида бартараф этилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👏14👍2
Termiz shahrida kuchli shamol esganligi tufayli "Mustaqillik" maydonida o‘rnatilayotgan Yangi yil archasi qulaganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Ushbu holat zudlik bilan tegishli mutaxassislar tomonidan ehtiyot chora-tadbirlar ko‘rildi va yuzaga kelgan muammo to‘liq bartaraf qilindi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida Termiz shahrida viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archasi o‘rnatilgan maydon, unda yaratilgan sharoitlar, yoritilishi holati bilan ham tanishilib, mutasaddilarga aholiga bayram kayfiyatini beruvchi dasturlar va dekoratsiyalarni yaratish vazifasi topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍8🔥1👏1
Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan umumfoydalanuvdagi yo‘llarda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida muzlamalarni tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar,
yo‘llarda harakatlanayotganda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlagan holda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishingizni so‘raymiz.

O‘zingiz va atrofdagilar salomatligini asrang!


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍7