Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Jonajon shahrimizning gullab-yashnashiga befarq bo’lmang, yashil makon yaratishga siz ham hissa qo’shing!

Batafsil: https://t.me/termizshh/42990

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👏2
Bugun | Termiz shahrida vatanparvarlik oyligiga start berildi

Respublikamizda “Vatanparvarlik” oyligi o‘tkazilishi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shior ostida “Vatanparvarlik” oyligiga start berildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi, Janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyatdagi kuch tuzulmalar harbiy xizmatchilari hamda davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlaridagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolari, Surxondaryo yoshlari va Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Milliy istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan muhrlangan ushbu qutlug' tarixiy sana Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestrning musiqiy sadolari ostida harbiy parad bilan yuksak saviyada boshlandi.

Shundan so‘ng, o'z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan mard va jasur harbiy xizmatchilar, aholi va yoshlar Termiz shahridagi "Vatanparvarlar" bog‘ida saf tortishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Vatanimiz tinchligi va xafsizlikni ta'minlashning ishonchli kafolati bo'lgan Qurolli kuchlarimiz qudratini yanada oshirishga alohida e'tibor berilayotganligi harbiy xizmatchilar zimmasidagi ma'suliyatni yana oshirayotganini takidlab, yoshlarni harbiy xizmatchilarimizdek dovyurak, botir, jonajon yurtimiz Mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga qodir etib tarbiyalash barchamizning burchimiz ekanligini aytib o‘tishdi. Shu asnoda yurt rivoji, shon shavkati uchun fidoyilarcha mehnat qilayotgan xalqimizni kirib kelayotgan ayyom bilan tabriklashdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo’l janggi sahnasi, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Zamonaviy milliy armiyamizning qudratini namoyon etish maqsadida, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, turli xil sport tadbirlari va Timbilding o‘yinlari hamda psixologik treninglar o‘tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun | Termiz shahrida vatanparvarlik oyligiga start berildi

Batafsil: https://t.me/termizshh/43008

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1