Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar | Yashil energiya hududida yashil belbog‘ yaratilmoqda

Termiz davlat universiteti jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 20-dekabr sanasiga qadar 6 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishga bel bog‘lagan.

E’tiborli tomoni bu yumushlar puxta reja asosida uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
📢 Sariosiyoda baliqchilik festivali o‘tkaziladi

Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida vohamizda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, gastronomik turizmning mazkur yo‘nalishida sayyohlar oqimini keng jalb qilish maqsadida joriy yil 21-dekabr kuni Sariosiyo tumani "Sebzor" mahallasida joylashgan maydonda "To‘palang fish" baliqchilik festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan Termiz shahri va tumanlarning pavilonlarida baliqdan tayyorlangan turli taomlar namoyishi, viloyatdagi o‘rmon xo‘jaliklari, tabiat bog‘lari hamda suv omborlarining baliqchilik ko‘rgazmalari, savdo yarmarkalari o‘rin olgan.

Shuningdek, "Eng yaxshi oshpaz" va "Eng shirin baliqli taom" nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil etilib, g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. San’atkorlarning konsert dasturi namoyish etiladi.

🔰 Sariosiyoga keling, baliqchilik festivalida mazali taomlardan bahramand bo‘lib, maroqli hordiq oling!

Foto: Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍4
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish borasida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Tinchlik" yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida Termiz shahri va Termiz tumani, "Angor letoksi" MCHJning bog‘dorchilikni tashkil etish maydonida Angor, Muzrabot, Sherobod, Boysun va Qiziriq tumanlari, "Surxon parmalash" MCHJ binosida Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon va Sho‘rchi tumanlari hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti majlislar zalida Denov, Sariosiyo, Uzun va Oltinsoy tumanlari hokimlari, Markaziy va tijorat banklari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari ishtirokida bajarilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarni muhokama qildi.

Hududlar va sohalar rahbarlari kambag‘allikni qisqartirish, bandlik, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, 4 ta tajriba asosida yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi. Viloyat rahbari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tib, mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, yoshlar va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan ishlar, bog‘dorchilikni tashkil etish loyihasi, "Petromaruz" va "Surxon parmalash" MCHJlarning faoliyati, kelgusidagi rejalari taqdimoti bilan ham tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍4