Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyatining tashrif qog‘ozlaridan biri hisoblangan, Islom olami dunyosida dunyoga mashhur Al-Hakim at-Termiziy majmuasi hududini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida ishlar olib borilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun majmuadagi ishlar yakunlanib, hudud muhtasham ko‘rinishga keltirildi. Majmuadagi yo‘laklar, o‘rindiqlar, yoritish chiroqlari, unga olib boruvchi avtomobil yo‘llari to‘liq yangilanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi hamda kushxona qurildi. Hududdagi "yashil" maydonlarning yangidan barpo etilishi majmua chiroyini yanada ochdi. Shuningdek, marosimlar o‘tkazish joyini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Majmuaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat va tuman sektor rahbarlari, faollar, diniy soha vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍5
Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz ikki yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, nuroniylar va faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, islohotlarimizning ortga qaytmas tus olishini ta’minlashda doimo ishonchli kafolat ekanligi ta’kidlandi.

Tantanali tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.

Bayram tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – "Hosil bayrami" keng nishonlanadi. Bugun Termiz shahridagi "Grand Almaz" to‘yxonasida agrar soha zahmatkashlari kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, vohamiz qishloq xo‘jaligi xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Soha xodimlarining mashaqqatli mehnatlari samarasi o‘laroq joriy yilda 800 ming tonna g‘alla, 275 ming tonna paxta, 2 ming tonna pilla, 1 mln 600 ming tonna sabzavot va poliz, 273 ming tonna meva va uzum hamda 370 ming tonna kartoshka yetishtirilganligi ta’kidlandi.

Tadbirda bir guruh fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalariga "Ilg‘or fermer", "Mehnatkash dehqon", "Namunali tomorqachi", davlat xizmatchilari va qishloq xo‘jaligi xodimlariga sohani rivojlantirishdagi hissasi uchun "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" hamda "Suv xo‘jaligi a’lochisi" ko‘krak nishonlari, viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Shuningdek, tadbirda Surxondaryo viloyati hokimiga Qishloq xo‘jaligi vazirligining "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" ko‘krak nishoni topshirildi.

To‘kin va fayzli dasturxon atrofida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida estrada xonandalari Gulinur, Sevinch Ismoilova hamda boshqa san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz va bayram shukuhini ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2