Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Termiz va Qumqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, sanoat zonalari hamda eksport va logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab Termiz shahrida Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar va banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, "Kokildor ota" mahallasidagi "Ro‘ziboy Xo‘janov" fermer xo‘jaligi tomonidan yetishtirilayotgan eksportbop mahsulotlar, xususan, qulupnay yetishtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, tadbirkor bilan suhbat qilindi.

Shundan so‘ng, "Termiz xalqaro savdo markazi"dagi nazorat idoralari va bojxona posti faoliyati ko‘zdan kechirilib, eksport-import jarayonlarini soddalashtirish maqsadida yagona innovatsion tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, "Termiz erkin iqtisodiy zonasi" va "Termiz Cargo Centre" logistika markazi faoliyatlari bilan tanishuv davomida hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, eksport-import jarayonlarining borishi ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Tashrif yakunida viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumani "Joziba" mahallasida qurilayotgan mikro GESdagi ishlarni ko‘zdan kechirib, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Tanishuvlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berilib, istiqboldagi rejalar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2👍2
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termiz shahrida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.          

Termiz shahar IIB JHH Probatsiya guruhi nazoratida bo'lgan yoshlar bilan Probatsiya guruhi inspektori B.Eshnazarov tomonidan Termiz shaharda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan ,,TRADE PRODUCTION ASIA” ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari bilan uchrashuv o'tkazilib, tadbirkorlikka qiziqishi bo'lgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash masalasida huquqiy jihatdan yordam ko'rsatildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
#qutlov

Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archalari o‘rnatiladigan maydonlar bilan tanishdi. Shuningdek, "Zoom" platformasi orqali tumanlar markazlarida asosiy bayram archalari o‘rnatiladigan maydonlar bilan bog‘lanib, hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Viloyat rahbari bayram dekoratsiyalari, qor bobo va qor qiz hamda ertak qahramonlari, shuningdek, kunlik namoyish etiladigan dasturlar bilan tanishib, mutasaddilarga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, viloyatning barcha hududlarida, ko‘cha va xiyobonlar, jamoat joylarida bayram kayfiyatini ulashuvchi vositalarni joylashtirish topshirig‘ini berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termiz shahar IIB JXX Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risadagi kodeksining 206-248-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” gi O’RQ999-sonli qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi va kelgusida huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilmaslik bo’yicha profilaktik davra suhbati o’tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram