Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Termiz va Qumqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, sanoat zonalari hamda eksport va logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab Termiz shahrida Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar va banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, "Kokildor ota" mahallasidagi "Ro‘ziboy Xo‘janov" fermer xo‘jaligi tomonidan yetishtirilayotgan eksportbop mahsulotlar, xususan, qulupnay yetishtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, tadbirkor bilan suhbat qilindi.

Shundan so‘ng, "Termiz xalqaro savdo markazi"dagi nazorat idoralari va bojxona posti faoliyati ko‘zdan kechirilib, eksport-import jarayonlarini soddalashtirish maqsadida yagona innovatsion tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, "Termiz erkin iqtisodiy zonasi" va "Termiz Cargo Centre" logistika markazi faoliyatlari bilan tanishuv davomida hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, eksport-import jarayonlarining borishi ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Tashrif yakunida viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumani "Joziba" mahallasida qurilayotgan mikro GESdagi ishlarni ko‘zdan kechirib, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Tanishuvlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berilib, istiqboldagi rejalar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2👍2
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2