Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko’chatlar ekish, qolaversa obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda...

"Toza-ozoda, obod joyda fayzu baraka bo‘ladi"


#Termiz_shahri  #Obodonlashtirish #Toza_hudud  #Yashil_makon

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️

Kunlar sovushi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

HURMATLI FUQAROLAR IS GAZIDAN OGOH BO‘LING!


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar prokuraturasi va "Energosavdo" filiali Termiz shahar bo'limi xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan iste'molchilarni aniqlash maqsadida nazorat tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Termiz shahridagi ko'p qavatli xonadonlarda yashovchi bir nechta iste'molchilar tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulanib, foydalanayotganligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, iste'molchilar tarmoqdan ajratildi.

Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
4-dekabr kuni bilan bog‘liq muhim sanalar

#bayramlar
🔹Xalqaro banklar kuni
🔹Xalqaro gepardlar kuni
🔹Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni
🔹Mehr bilan ko‘rishish kuni

#muhim_voqealar
🔸1946 – Moskvada birinchi “Moskvich-400” avtomobili yig‘ildi.
🔸1954 – BMT Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikni (MAGATE) tuzish haqida qaror qabul qildi.
🔸1996 – “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topdi.
🔸2002 – Germaniyaning Bonn shahrida “Alpomish” dostonining nashr etilishiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi.

#tavalludlar
🔹1795 – Tomas Karleyl – ingliz yozuvchisi, publitsist, tarixchi va faylasuf.
🔹1890 – Mehmet Fuod Ko‘pruluzoda – turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi.
🔹1924 – Muhammad Rafi – hind xonandasi.
🔹1982 – Nik Vuychich – avstraliyalik motivatsion ma’ruzachi, voiz, filantrop va yozuvchi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan haftada Termiz shahri "Alpomish" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan edi. Bugun ushbu mahallada viloyat rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mutasaddilarga hudud infratuzilmasini yaxshilash, ko‘p qavatli turar joylar atrofini tartibga keltirish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, shahar sektor rahbarlari va "Alpomish" mahallasi "yettiligi" tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar yo‘nalishlar kesimida taqdimot qilindi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Sherobod tumanida MTT binosi, savdo kompleksi, Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda savdo, xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlari hamda yoshlar sanoat zonasini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimot bilan tanishgan viloyat rahbari mutasaddilarga har bir loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari hamda samaradorligini aniq baholagan holda amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryoda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 471 taga yetdi

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Surxondaryoda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning soni 471 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 martaga oshgan.

⤵️ Hududlar kesimida ularning soni quyidagicha:

🔷Termiz shahrida – 211 ta;
🔷Termiz tumanida – 132 ta;
🔷Uzun tumanida – 19 ta;
🔷Sariosiyo tumanida – 18 ta;
🔷Denov tumanida – 16 ta;
🔷Muzrabot tumanida – 12 ta;
🔷Sho‘rchi tumanida – 12 ta;
🔷Angor tumanida – 11 ta;
🔷Boysun tumanida – 11 ta;
🔷Qumqo‘rg‘on tumanida – 7 ta;
🔷Bandixon tumanida – 7 ta;
🔷Jarqo‘rg‘on tumanida – 5 ta;
🔷Sherobod tumanida – 4 ta;
🔷Qiziriq tumanida – 4 ta;
🔷Oltinsoy tumanida – 2 ta.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida loyihalar taqdimoti, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1
Kuz-qish mavsumida ob-havoning keskin oʻzgarishi tufayli kommunal sohalarda koʻplab muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan kuz-qish mavsumida vujudga keladigan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Termiz shahar hokimligida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

Shtab ishonch telefonlari:

☎️ +99876 224-13-20

☎️ +99876 224-12-82

☎️ +99876 224-12-96


Hurmatli fuqarolar, oʻz murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab aʼzolariga yetkazishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Bugun 5-dekabr 2024-yil Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining uchinchi sessiyasi bo'lib o'tadi.

Sessiya ishida 11 ta masala koʼrib chiqilishi belgilangan bo‘lib, sessiya ishini Termiz shahar hokimligi Axborot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz hamda o‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, mahalla xodimlari va aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi 11 ta masala ko’rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi davomida har bir bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan masʼullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan javob berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram