Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Tamaddun, Madaniyat, Ma’rifat: "Ma’rifat karvoni" ishtirokchilari Termizda

Bugun erta tongdan Termiz xalqaro aeroportida poytaxtimizdan tashrif buyurgan bir guruh taniqli olim va ziyolilardan iborat "Ma’rifat karvoni" ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Tamaddun, Madaniyat, Ma’rifat" mavzusida ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Xususan, ilmiy konferensiya doirasida "Yangi O‘zbekistonida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari" mavzusida ziyolilar forumi o‘tkazildi.

Forumda vohamizning ziyoli kishilari, diniy ulamolari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Termiz shahar hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida saksovul ekildi

Termiz shahar hokimligi va Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Termiz shahar bo‘limi, Termiz shahar obodonlashtirish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Surxondaryo Davlat O‘rmon xo‘jaligi hududidagi "Katta qum" massivida 100 ga yaqin hasharchilar bilan saksovul ekish ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Termiz shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko’chatlar ekish, qolaversa obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda...

"Toza-ozoda, obod joyda fayzu baraka bo‘ladi"


#Termiz_shahri  #Obodonlashtirish #Toza_hudud  #Yashil_makon

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️

Kunlar sovushi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

HURMATLI FUQAROLAR IS GAZIDAN OGOH BO‘LING!


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar prokuraturasi va "Energosavdo" filiali Termiz shahar bo'limi xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan iste'molchilarni aniqlash maqsadida nazorat tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Termiz shahridagi ko'p qavatli xonadonlarda yashovchi bir nechta iste'molchilar tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulanib, foydalanayotganligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, iste'molchilar tarmoqdan ajratildi.

Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
4-dekabr kuni bilan bog‘liq muhim sanalar

#bayramlar
🔹Xalqaro banklar kuni
🔹Xalqaro gepardlar kuni
🔹Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni
🔹Mehr bilan ko‘rishish kuni

#muhim_voqealar
🔸1946 – Moskvada birinchi “Moskvich-400” avtomobili yig‘ildi.
🔸1954 – BMT Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikni (MAGATE) tuzish haqida qaror qabul qildi.
🔸1996 – “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topdi.
🔸2002 – Germaniyaning Bonn shahrida “Alpomish” dostonining nashr etilishiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi.

#tavalludlar
🔹1795 – Tomas Karleyl – ingliz yozuvchisi, publitsist, tarixchi va faylasuf.
🔹1890 – Mehmet Fuod Ko‘pruluzoda – turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi.
🔹1924 – Muhammad Rafi – hind xonandasi.
🔹1982 – Nik Vuychich – avstraliyalik motivatsion ma’ruzachi, voiz, filantrop va yozuvchi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan haftada Termiz shahri "Alpomish" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan edi. Bugun ushbu mahallada viloyat rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mutasaddilarga hudud infratuzilmasini yaxshilash, ko‘p qavatli turar joylar atrofini tartibga keltirish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, shahar sektor rahbarlari va "Alpomish" mahallasi "yettiligi" tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar yo‘nalishlar kesimida taqdimot qilindi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Sherobod tumanida MTT binosi, savdo kompleksi, Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda savdo, xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlari hamda yoshlar sanoat zonasini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimot bilan tanishgan viloyat rahbari mutasaddilarga har bir loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari hamda samaradorligini aniq baholagan holda amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X