Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-393-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarda "Jasorat maktablari" tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mas'ullari tashrif buyurishdi.

Dastlab Termiz shahridagi 26-maktabda yig‘ilish o'tkazildi. ZOOM platformasi orqali viloyatda mavjud barcha maktablarning chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani rahbarlari ishtirok etishdi.


Yig'ilishda asosan, PQ-393-sonli qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi. Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida shahardagi "Farxod" mahallasida 100 dona yapon tuti ko‘chatlari ekildi.

Shahrimizning toza va obod bo'lishi, yashil makonga aylanishi uchun barchamiz mas'ul bo'laylik!


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz hamshaharlar!

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yurtimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda.

Ushbu oylik doirasidagi profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Ayni vaqtda Termiz shahridagi 10-11-umumta'lim maktablarida Termiz shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan yong'in xavsizligi, is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Bayoni talablariga muvofiq, 2023-yilning 15-noyabr kunidan, 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda "Yongʻin xavfsizligi oyligi" deb e'lon qilingan.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Tamaddun, Madaniyat, Ma’rifat: "Ma’rifat karvoni" ishtirokchilari Termizda

Bugun erta tongdan Termiz xalqaro aeroportida poytaxtimizdan tashrif buyurgan bir guruh taniqli olim va ziyolilardan iborat "Ma’rifat karvoni" ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Tamaddun, Madaniyat, Ma’rifat" mavzusida ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Xususan, ilmiy konferensiya doirasida "Yangi O‘zbekistonida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari" mavzusida ziyolilar forumi o‘tkazildi.

Forumda vohamizning ziyoli kishilari, diniy ulamolari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3