Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38.1K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
JARAYON | Termiz shahar hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida saksovul ekilmoqda

Ayni damda Termiz shahar hokimligi va Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Termiz shahar bo‘limi, Termiz shahar obodonlashtirish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Surxondaryo Davlat O‘rmon xo‘jaligi hududidagi "Katta qum" massivida hasharchilar bilan saksovul ekish ishlari amalga oshirilmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
❤‍🔥1
Termiz shahriga Koreya ta’lim markazi vakillari tashrif buyurdi.

Ta’lim sohasida o‘zaro tajribalarni almashish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Janubiy Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bir muddat avval bir guruh ta’lim sohasi mutasaddilarimiz ushbu davlatning ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganib qaytishgan edi.

Mehmonlar ta’lim jarayonlari, xorijiy tillar, xususan, koreys tili darslarining borishi bilan tanishishdi hamda o‘quvchilar bilan suhbat qilishdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan xorijiy tillarni o‘qitish tizimi samarali tashkil etilganligi mehmonlar tomonidan e’tirof etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Koreya ta'lim markazi vakillarining navbatdagi manzili Termiz shahridagi "Volshebniy zamok" davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bo‘ldi. Bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, 360 o‘ringa mo‘ljallangan. Manzilda tarbiyalanuvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, bino eng so‘nggi rusumdagi dizaynlar asosida bezatilgan.

Mazkur ta'lim muassasasi mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Kelgusida maktabgacha ta'lim yo‘nalishida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining barchasida “Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida obodonlashtirish ishlariga jiddiy yondashilgan holda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkilot hududlariga turli xil manzarali ko'chatlar ekish, binolarning yer maydonlari hamda to‘siq devorlari atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yashil makon – inson ruhiyati doim izlaydigan, topsa qalbi orom topadigan, bagʻrida vujudi olam-olam zavqqa toʻladigan benazir neʻmat, mislsiz sarvat.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1