Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38.1K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahrida qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, to‘siqlarsiz muhit yaratish va ekologiya sohasidagi loyihalar bilan tanishish maqsadida qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Dastlab, "Termiz hayvonot bog‘i" faoliyati ko‘zdan kechirildi. 1934-yilda tashkil etilgan hayvonot bog‘ida hozirda 105 turdagi 509 bosh noyob hayvon va qushlar mavjud. Kelgusida bog‘ni yanada rivojlantirish, 50 bosh yangi noyob turdagi hayvon va qushlarni xarid qilish, shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash rejalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, Avtomobil yo‘llari boshqarmasi binosida viloyatda yo‘l xo‘jaligi va suv ta’minoti sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shu bilan birga, "Alpomish" mahallasida bosh rejaga asosan amalga oshiriladigan loyihalar va namunaviy binolar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida viloyat rahbari Ichki ishlar boshqarmasi "Situatsion markazi" faoliyatini ham o‘rgandi. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va tezkor boshqaruv tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
1👍1
HURMATLI FOYDALANUVChI!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan e’lon qilinayotgan statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning qoniqish va ishonch darajasini aniqlash uchun so‘rovnomani to‘ldirishga taklif qilamiz.

Sizning javobingiz va takliflaringiz e’tiborga olinib, statistika organlari faoliyatini takomillashtirish va taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi.

Biz bilan xamkorligingiz va mazkur ishda bizga ko‘rsatgan yordamingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz!

👉 So‘rovnomaga o‘tish

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Hokimning bir kunlik faoliyati: Qurilish va ekologiya obyektlari, loyihalar taqdimoti, yangi bino ochilishi hamda hududlar infratuzilmasi bilan tanishuv

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
3-dekabr kuni bilan bog‘liq muhim sanalar


#bayramlar
Xalqaro nogironlar kuni.
Global pestitsidlardan foydalanmaslik kuni.
Butunjahon konkida uchish kuni.
O‘zbekiston – Nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni.

#muhim_voqealar
1586 – Angliyaga Kolumbiyadan birinchi kartoshka keltirildi.
1609 – Galileo Galiley ilk yangi ko‘rinishdagi teleskopni taqdim etdi.
1992 – Birinchi SMS xabar yuborildi.
1994 – PlayStation video o‘yini ishga tushirildi.
2003 – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi.
2003 – Andijon viloyatiga Amir Temur ordeni berildi.

#tavalludlar
1750 – Iogann Martin Miller – nemis yozuvchisi va shoiri.
1925 – G‘anijon Abdurahmonov – tilshunos olim.
1979 – Shon Parker – amerikalik taniqli tadbirkor, Napster, Plaxo, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarning asoschi va aksiyadorlaridan biri.
1985 – Shuhrat Boboyev – o‘zbek para-dzyudochisi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
📊Surxondaryo viloyatida xizmatlar sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 15 558,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 7,3 % ga o‘sdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahar | "Ma'rifat karvoni"

Bugun erta tongdan ziyolilar, olimlar va yozuvchilardan iborat respublika targ'ibot guruhi a'zolari Termiz xalqaro aeroportida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Viloyat mas'ullari mehmonlar bilan uchrashar ekan, Janub gavhari -Surxon diyoriga ko'rib turganliklaridan mamnunliklarini bildirishdi. "Ma'rifat karvoni" loyihasi doirasidagi tadbirlarda barchaga ko'tarinki kayfiyat tiladilar.

Bir necha soatlardan so'ng, loyiha doirasidagi uchrashuvlar boshlanadi. Bizni kuzatishda davom eting.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Shaharda infratuzilmani yaxshilash bo’yicha olib borilayotgan ishlar

Termiz shahrining "O‘zbekiston" mahallasida qurilgan markaziy isitish qozonxona faoliyatini ko'zdan kechirdi


Batafsil

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida targ'ibotlar olib borilmoqda

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kelgusi avlod turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tejamkorlik oila budjetiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldi olinadi. 

Shu maqsadda yoshlarga energiya tejovchi gaz jixozlari hamda qoʻlbola isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha  kerakli tavsiyalar va ma‘lumotlar berib o‘tildi.

Hurmatli fuqarolar nosoz, qo’lbola va nostandart elektr hamda gaz moslamalaridan foydalanmang, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmang, is gazi va gaz havo aralashmasining chaqnashi kabi noxush holatlardan ehtiyot bo‘ling.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1👍1
JARAYON | Termiz shahar hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida saksovul ekilmoqda

Ayni damda Termiz shahar hokimligi va Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Termiz shahar bo‘limi, Termiz shahar obodonlashtirish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Surxondaryo Davlat O‘rmon xo‘jaligi hududidagi "Katta qum" massivida hasharchilar bilan saksovul ekish ishlari amalga oshirilmoqda

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
❤‍🔥1