Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.2K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida sportning Og‘ir atletika turi bo‘yicha viloyat ochiq turniri musobaqasi o‘tkazildi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23-24-noyabr kunlari “Kurash” sport majmuasi zalida Termiz shahar hokimligi, viloyat sport boshqarmasi va viloyat og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida 2009-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida og‘ir atletika sport turi buyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada 150 nafardan ortiq yosh og‘ir atletikachilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z mahoratlarini bor sinovdan o‘tkazishdi.

Quvonarlisi, ushbu sport musobaqasida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘rayevning ishtirok etganligi yosh sportchilarda katta taassurot qoldirib, ularning ushbu sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2

👍1🔥1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Sariosiyo tumanlariga tashrif buyurib, "Yangi O‘zbekiston" massivlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ushbu massivlarda ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, kommunal xizmatlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Prezidentimizning "2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Farmonga muvofiq, mutasaddilar viloyatda "Yangi O‘zbekiston" massivlarini kengaytirish, zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishini jadallashtirish va ipoteka kreditlari bozorini rivojlantirish maqsadida banklar tomonidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish borasidagi ishlar yuzasidan axborot berdi.

Mazkur tashabbuslar aholini zamonaviy va qulay uy-joy bilan ta’minlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2