Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38.3K photos
4.97K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
"Stritbol" musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Xabar berganimizdek, Termiz shahrida joylashgan "Surxon" sport majmuasida 19-22-noyabr kunlari yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 252 nafar sportchi yoshlar ishtirokida o'tkazilgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi "Stritbol" sport musobaqasining "C" liga final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Mahalla yoshlari o‘rtasida 16-21 va 22-30 yosh toifasida o‘tkazilgan qizg‘in va murosasiz bahslardan so‘ng, quyidagi jamoalar yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🤽16-21 yosh toifasi (qiz bolalar):
🥇-o‘rin Surxondaryo viloyati Denov tumani, Yangi Hazarbog‘ mahallasi;
🥈-o‘rin Navoiy viloyati Qiziltepa tumani, Zarmetan mahallasi;
🥉-o‘rin Jizzax viloyati Arnasoy tumani, Gulbahor mahallasi.

🤽‍♀️16-21 yosh toifasi (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Konchi mahallasi;
🥈-o‘rin Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani, Yakkaterak mahallasi;
🥉-o‘rin Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar, Shodiyona mahallasi;

🤽22-30 yosh toifasi (qiz bolalar):
🥇-o‘rin Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani, Yoshg‘ayrat mahallasi;
🥈-o‘rin Navoiy viloyati Uchquduq tumani, "Navoiy" mahallasi;
🥉-o‘rin Namangan viloyati Chortoq tumani, "Alisher Navoiy" mahallasi.

🤽‍♀️22-30 yosh toifasi (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, Zomin mahallasi;
🥈-o‘rin Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Qovunlisoy mahallasi;
🥉-o‘rin Navoiy viloyati, Nurota tumani, "Eshon Sudur" mahallasi.

👏G‘olib jamoalarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍4
Surxondaryoda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar natijasida bu vohada ham keng imkoniyatlar ochilmoqda. Kelgusi yilda Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksportni 320 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarni taqdimot qildi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7724

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan "Stritbol" musobaqasining final bosqichiga mezbonlik qildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari ishtirok etdi. Deputatlar tomonidan kun tartibidagi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomasini tasdiqlash, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash va boshqa masalalar
ko’rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘tkazilgan taqdimotdan so‘ng viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan vazifalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan intervyu berdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram