Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Xabar qilganimizdek, Termiz shahrini chiqindilardan holi hudud qilish bo‘yicha amalda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg’in davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤽Termiz "Besh tashabbus" olimpiadasining Stritbol musobaqalariga mezbonlik qilmoqda

"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida turli sport musobaqalarining hududiy bosqichlari yakunlanib, respublika final bosqichiga start berilmoqda. Xususan, Termiz shahrida "Stritbol" musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bugun Termiz temiryo‘l vokzalida yurtimizning turli hududlaridan vohamizga tashrif buyurgan 252 nafar yosh sportchilar tantanali kutib olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Senatning qo‘mitalariga rahbarlar saylandi:

▪️Qutbidin Nukritdinovich Burxanov - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov - Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Erkin Fayziyevich Gadoyev - Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi;

▪️Baxrom Ismoilovich Abdullayev - Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Orzigul Mo‘ydinovna Qozixonova - Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;

▪️Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev - Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi.

▪️Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi (vakant).

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Topshiriqlar ijrosi: Termiz shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Kuni-kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Farovon massividagi ko‘p qavatli turar joylarning holatini joyida o‘rganib, hududdagi mavjud muammolarni hal qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida:

shahar bo‘ylab katta hajmdagi chiqindilar yig‘ilib, maxsus texnikalar yordamida olib chiqish ishlari tashkil etildi;

daraxtlar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash ishlari olib borilmoqda;

yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi yo‘laklar qurilmoqda;

mahalla va jamoat joylarida tozalash ishlari amalga oshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar nafaqat shaharning estetik holatini yaxshilash, balki aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan.
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, Hukumat a’zolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2
Kun tartibidan yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq, ilk bor quyi palatada Bosh vazir lavozimiga nomzod va Hukumatning kelgusi 5 yilga moʻljallangan harakatlar dasturini koʻrib chiqish masalalari oʻrin olgan.

Soʻzining avvalida davlatimiz rahbari mamlakatimiz oʻz oldiga qoʻygan strategik va joriy vazifalarni amalga oshirishda barcha boʻgʻindagi ijro organlari, avvalo, Hukumat va uning rahbari zimmasidagi masʼuliyat hozirgi murakkab zamonda har qachongidan ham ortib borayotganini taʼkidladi. Bugun mutlaqo yangi vakolat va vazifalarga ega boʻlgan Hukumat shakllanayotgani qayd etildi.

Buni Konstitutsiya darajasida birinchi marta kambagʻallikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, investitsiya, ekologiya kabi muhim yoʻnalishlarda Vazirlar Mahkamasining majburiyatlari belgilab qoʻyilgani ham tasdiqlaydi.

Xalqimiz bugun ana shunday hal qiluvchi masalalar boʻyicha yangi Hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda.
〰️〰️〰️

Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2 karra oʻsib, 100 milliard dollarlik tarixiy marradan oshdi. Aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda (2018-yilda – 1 ming 600 dollar boʻlgan).

Xususan, Jahon banki 2024-yilda Oʻzbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan 3 ta davlat qatoridan joy olganini eʼtirof etdi.

Kambagʻallik darajasi soʻnggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushdi. Bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda.
〰️〰️〰️

Oldin to‘liq davlat tasarrufida bo‘lgan sohalar, ya’ni, energetika, kimyo, aviatsiya, geologiya, metallurgiya, mashinasozlik, ta’lim va tibbiyotda xususiy sektorga va davlat-xususiy sheriklik munosabatlariga keng yo‘l ochilgani ularning rivojida kuchli omil bo'lmoqda.

Ayniqsa, energetika sohasida tom ma’noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 1,5 karra o‘sib, 83 milliard kilovatt-soatga yetgani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 2,7 million kilovatt-soat bo‘lgan 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Muqobil energiya ulushi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezident jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi o‘ta keskin va og‘ir sharoitda yurtimizda tinchlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror o‘sishni ta’minlab, mana shunday marralarga erishish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.

Kelgusi 5-yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunday demografik o‘sish, albatta, katta imkoniyat, lekin, shu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, o‘tkir vazifalarni qo‘yishi ham shubhasiz.

Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi muhim sohalarda xalqimizning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgani ta’kidlandi.

Shunday dolzarb muammolarga samarali yechimlar topib, yangicha faoliyat olib borish Hukumat uchun jiddiy sinov bo‘lishi tabiiy.

Bugun Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod ana shu masalalarning barchasini hisobga olib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarini belgilab berdi.

makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy oʻsish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash;

inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida boʻlishiga erishish;

yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa etib belgilandi.

Ushbu davrda Hukumat:
kamida 100 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish;
yillik eksport hajmini 45 milliard dollarga olib chiqib, unda tayyor mahsulotlar ulushini 50 foizga yetkazish;
xorijiy turistlar oqimini 5 yilda 15 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqishiz zarurligi ta'kidlandi.

Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada ragʻbatlantirib, onlayn toʻlovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa boʻladi.

Jahon savdo tashkiloti
bilan hamkorlik doirasida asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilgani va yaqin yillarda ushbu tashkilotga albatta aʼzo boʻlib kirishimiz taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍3
Yangi Hukumat kelgusi besh yilda:

iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazishi;

2 mingta korxonada davlat ulushini, 5 mingdan ziyod ko‘chmas mulk obyektini sotish, 16 ta yirik majmua aksiyalarini IPOga chiqarishi;

30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

2025-yilda "tejamkorlik va barqarorlik" tamoyili asosida davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni tezlashtirib, ularning xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirishi;

1 milliard dollarlik 18 ta davlat kompaniyasining ulushi berilgan Milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍2