Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.3K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.

Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.

Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i 33 yoshda

Termizda sana munosabati bilan 30 metrli bayroqni olib yurish marshi o‘tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
#18_noyabr

Mangu hilpirayver, yurtim bayrog’i

Termiz davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Mangu hilpirayver yurtim bayrog’i” shiori ostida chellenj start oldi. Institut asosiy binosidan boshlangan tadbir Termiz shahri bo’ylab davom etdi.

Ulkan bayroq Termiz shahri markazidagi “Dream house”ko’p qavatli uylar uzra hilpiragan bo’lsa,keyingi manzil yangi qurilayotan qurilish obyekti bo’ldi.

Bayram shukuhi davom etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
#18_noyabr

Bugun Termiz shahrida o’tkazilgan bayram tadbiridan fotoreportaj

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
😍1