Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.88K subscribers
38.4K photos
4.99K videos
73 files
12.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar hokimi O'.To'rayev boshchiligida shahardagi oilaviy shifoxonalar, Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablari, tashkilotlarda kuz-qish mavsumida isitish tizimi holatlari o'rganib chiqildi.

O‘rganish ishlari davomida yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza va binoning holati, shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari, sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlanish, oshxona, omborxonalarning sanitariya va gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.  

Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Termiz shahrining barcha mahalla va ko’chalari, tashkilotlar yon-atroflari, turar joy hududlarida keng obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘l obod-manzil yaqin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳Xitoyda so‘rovnoma: Xorijliklar O‘zbekiston bayrog‘ini qanchalik bilishadi?

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida Xitoy poytaxti Pekin shahrida taxsil olayotgan Termiz davlat universiteti talabalari xorijliklar o‘rtasida O‘zbekiston bayrog‘ini qanchalik tanishlari haqida so‘rovnoma o‘tkazishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Aziz va muhtarama opa-singillar!

Mamlakatimizdagi 14 yoshdan 30
yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etilgan.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar joriy yilning 21-noyabriga qadar tanlovning Termiz shahar bosqichi saralovida ishtirok uchun o’z hujjatlarini Termiz shahar hokimligiga taqdim etishlari so’raladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyida “Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!tadbir kechasi bo’lib o’tmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati va ezgu intilishlarining ramzidir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini beradi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍5
Surxondaryoda davlatimiz bayrog‘ining 33 yilligi keng nishonlanmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.

Bugun erta tongda viloyat markazidagi "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.

Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan Vatan madhini kuylovchi qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasining konsertlar zalida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Joylarda sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X