Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.88K subscribers
38.4K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣2024-2025-o‘quv yilidan boshlab hаr yili oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Talaba yugur" ko‘ngillilar yugurish musobaqalari tashkil etish belgilangan.

Bugun Termiz shahrida ushbu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🗣Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigini yo‘lladi

Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sog‘liq bo‘lgan joyda albatta o‘sish va o‘zgarish, baxtli va farovon hayot bo‘ladi.

Shu ma’noda, Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Barcha ijtimoiy xizmatlar qatori tibbiyotni ham xalqimizga yanada yaqin qilish uchun malakali davolash va profilaktika tizimini xonadonlargacha olib kirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati yangilanmoqda. Ushbu bo‘g‘inda birinchi navbatda kasalliklarning oldini oladigan, ularni keltirib chiqaradigan sabablarga qarshi kurashadigan mexanizmlarni joriy etish boshlangani ham shundan dalolatdir.


Tabrikning to'liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/7678

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Farzandingizga doimo aytib turishingiz kerak boʻlgan 9 ta gaplar

1. Sen kuchlisan, yengilma!
2. Men doim sen bilanman.
3. Hammasini uddalaysan!
4. Men senga ishonaman.
5. Men sen bilan faxrlanaman.
6. Menga yordam berayotganing uchun rahmat.
7. Men seni yaxshi koʻraman.
8. Kuning qanday oʻtdi?
9. Bunday vaziyatda sen qanday yoʻl tutgan boʻlar eding?

Mehr va eʼtiboringizni ayamang. Koʻproq bagʻringizga bosib quchoqlab turing, erkalang, u bolaligini his qilsin.

Bolani urmang! Bolaga nima yaxshi-yu nima yomonligini tushuntirishdan erinmang.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Termiz shahar hokimi O'ktam To'rayevning "Sog'liqni saqlash sohasi" xodimlariga bayram tabrigi

Ma’lumki,  har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda "Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan  tibbiyot xodimlarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Keyingi yillarda Respublikamizda va shahrimiz tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar takomillashib bormoqda.

"Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan o’z kasbining fidoyilarini chin yurakdan samimiy tabriklab, xalq salomatligi yo‘lidagi ishlaringiz hamisha bardavom bo‘lishini tilayman! 

Barchangizga, sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Telegram | YouTube  | Facebook | Web-site | Instagram | Twitter
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Qadrli tibbiyot xodimlari va soha faxriylari!

She'r

Yuragingiz qaltirar, qoʻlingizda titroq yoʻq
Siz kabi jonga malham, hasta tanga oʻrtoq yoʻq
Koʼngli siz kabi ochiq, qalbi siz kabi oq yoʻq
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Siz mehrning bulogʻi, himmatning tub manbasi
Allohning moʻjizaviy idroki bor bandasi
Jonga orosiz doim, har dardning kushandasi
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Ketar chogʻi hammani sogʻ boʻling deb kuzatgan,
Dori qolib har jonni shirin soʻzda tuzatgan
Alloh sababchi qilsa kaftida jon uzatgan
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Yuzingizda shuncha nur, istarasi iligʻim
Qalblari muhabbatga va himmatga toʻligʻim
Qaddi osmondek baland, qadri togʻday ulugʻim
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Farishtani eslatar qorday oq xalatingiz
Viqorga toʻlib turar nigohu savlatingiz
Tangrining shifosiga sababkor sanʼatingiz
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

Chin insoniy hislatlar qalbida mudom borlar
"Oh" chekkan har jon uchun oqkoʻngil fidokorlar
Sogʻligimiz posboni - ey jonimiz malhami
Qalblardan sizga haykal qoʻyamiz shifokorlar!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
🗣Termiz shahridagi “Serenada” tantanalar saroyida qo‘shaloq bayram Tibbiyot xodimlari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1