Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.88K subscribers
38.4K photos
4.98K videos
73 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
"Keksalar haftaligi" hamda "Keksalar uchun turizm oyligi"ga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktabda faxriy nuroniy otaxonlar hamda yoshlar ishtirokida madaniy tadbir bo’lib o’tdi. Maqomchilik yo’nalishida jonli maqom ashulalar ijro etilib,ushbu tadbir ishtirokchilarga zavq-shavq bag’ishlab, xursandchilik ulashdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 21-oktabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlab kengaytirilgan tarzda videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan edi.

Ushbu yig’ilishning ijrosi yuzasidan bugun Termiz shahar "Guliston" mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari olib borildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar prokuraturasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida Termiz shahridagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida "BO‘SH ISH O‘RINLARI" Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi 32 ta tashkilot va muassasalar o‘zlarining 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, yarmarkada 44 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, 50 nafar ishsizlarga tegishli tashkilot va muassasalar bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida o‘zini o‘zi band qilib subsidiya asosida mehnat qurollari so‘rab murojaat qilgan 17 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinkalari hamda boshqa turli mehnat qurollari berildi, 17 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Termiz shahridagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va e’lonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari), ularning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga mosligi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi sohaga oid mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Qonun hujjatlari talablari buzilishini oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borilib, profilaktika xabarnomasi bilan tanishtirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏4
🗣E` L O N

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-avgustdagi 22-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilning 8-noyabr kuni Termiz shahrida “Talaba - Yugur” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir o‘tkaziladigan vaqtda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 8-noyabr kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha shaharning Alisher Navoiy ko‘chasining “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidagi chorrahasi, Alisher Navoiy va Islom Karimov (Bojxona chorrahasi) ko‘chalari kesishgan chorrahasidan “Begoyim” restorani chorrahasigacha hamda ushbu chorrahadan “Barkamol avlod” ko‘chasining Hakim at-Termiziy ko‘chasi kesishgan chorrahasiga (“Bolajon” bog‘iga)cha transport vositalari harakati cheklanishini ma‘lum qilamiz.

🇺🇿 Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🗣Termiz shahrida “TADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” bo’lib o’tdi.
         
Termiz shahar IIB JHH Probatsiya guruhi nazoratida bo'lgan yoshlar bilan Probatsiya guruhi inspektori B.Eshnazarov tomonidan Termiz shaharda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan “Bilol hazrat dunyo” xususiy korxonasi rahbari bilan uchrashuv o'tkazilib tadbirkorlikka qiziqishi bo'lgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash masalasida huquqiy jihatdan yordam ko'rsatildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3