Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.87K subscribers
38.4K photos
4.99K videos
73 files
12.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar saylov komissiyasining 2024-yil  30-oktabrdagi "Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida"gi 9-sonli qarori qabul qilindi.

Shahardagi saylov okruglaridan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 25 nafar deputatlar saylandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Инфографика

Давлат тиббий суғуртаси: кафолатланган пакет доирасида бепул тиббий хизмат кўрсатади

⬆️ Кафолатланган бепул тиббий хизматларни олиш тартиби батафсил инфографикада

🌐
https://t.me/AOKA_Surxondaryo
"Keksalar haftaligi" hamda "Keksalar uchun turizm oyligi"ga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktabda faxriy nuroniy otaxonlar hamda yoshlar ishtirokida madaniy tadbir bo’lib o’tdi. Maqomchilik yo’nalishida jonli maqom ashulalar ijro etilib,ushbu tadbir ishtirokchilarga zavq-shavq bag’ishlab, xursandchilik ulashdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 21-oktabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlab kengaytirilgan tarzda videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan edi.

Ushbu yig’ilishning ijrosi yuzasidan bugun Termiz shahar "Guliston" mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari olib borildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar prokuraturasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida Termiz shahridagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida "BO‘SH ISH O‘RINLARI" Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi 32 ta tashkilot va muassasalar o‘zlarining 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, yarmarkada 44 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, 50 nafar ishsizlarga tegishli tashkilot va muassasalar bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida o‘zini o‘zi band qilib subsidiya asosida mehnat qurollari so‘rab murojaat qilgan 17 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinkalari hamda boshqa turli mehnat qurollari berildi, 17 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Termiz shahridagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va e’lonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari), ularning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga mosligi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi sohaga oid mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Qonun hujjatlari talablari buzilishini oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borilib, profilaktika xabarnomasi bilan tanishtirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏4