Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.88K subscribers
38.4K photos
4.99K videos
73 files
12.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Ayni vaqtda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning shahar bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Mamlakatimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etilgan.

📝 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
🗣Termiz shahar aholisi diqqatiga!

Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida joriy yilning 1-noyabr kuni soat 10:00 da Termiz shahar “San'at saroyi” binosida bo'lib o'tadigan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga barchani taklif etamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🗣Termiz shahri aholisi diqqatiga!

Аgar sizning hududingizda ichimlik suvi ta‘minotiga oid muammolar yoki avariya holatlari yuzaga kelgan bo`lsa, zudlik bilan bizga murojaat qiling!

Murojaat uchun "Surxondaryo suv ta'minoti" AJ Termiz shahr bo‘limining 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi dispetcherlik raqami: 76-227-31-81, 88-809-90-91, 91-587-37-71

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
🇺🇿 Ўзбекистон COP29да иштирок этади: самарали ҳамкорлик ва янги имкониятлар

Ўзбекистонда 2024 йилнинг 11–22 ноябрь кунлари Озарбайжон пойтахти Боку шаҳрида бўлиб ўтадиган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши бўйича доиравий конвенцияси (BMT UNFCCC) иштирокчилари конференциясининг 29-сессиясига (COP29) қизғин тайёргарлик кўрилмоқда. Бу ҳақда Экология вазирлиги хабар берди.

COP29 доирасида Ўзбекистон ҳукумати томонидан ўзбек маданияти, тарихи ва ноёб муҳити асосидаги анъанавий тамойиллар ва технологияларни акс эттирувчи Миллий павильон очилади. Анъанавий ўзбек хонадони – «ҳовли» намунаси бўлган павильон йиллар давомида ҳар бир ўзбек хонадони маскани бўлиб келган ҳовли муҳитини ўз ичига олади.

Бу ерда табиат уйнинг бир қисмига айланади: узум билан қопланган яшил майдонлар соя ва қулайлик яратади, анъанавий материаллар ва қадимий қурилиш усуллари эса экологик тоза ва барқарорликни ўзида мужассам этади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
1👍1
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ikki hududda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 1-noyabr kuni quyidagi hududlarda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi:

🟠Termiz tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha;

🟠Termiz shahrida soat 12:35 dan 17:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o'tadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Termiz shahar saylov komissiyasining 2024-yil  30-oktabrdagi "Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida"gi 9-sonli qarori qabul qilindi.

Shahardagi saylov okruglaridan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 25 nafar deputatlar saylandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4