⏺Bugun
Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Termiz shahar bosqichi o'tkazildi. Usbu tanlovda Termiz shahridagi 24 nafar mahalla yoshlar yetakchilari nizom talablari asosida 8 ta yo'nalishda o'z intellektual va professional salohiyatlarini namoyon etdilar!
✏️Tanlov natijalariga ko'ra:
⏺ “Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Shifokor" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺“Yoshlarning boʼsh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Bog'zor" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺“Аlohida eʼtiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Pattakesar" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺ “Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Amu-sohillari" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺“Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʼlgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Do'stlik" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺“Iqtidorli va intellektual faol yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Eski shahar" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺ “Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada takil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "Jayxun" mahallasi yoshlar yetakchisi
⏺“Yoshlarga sogʼlom turmush tarzini targʼib qilgan va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yoʼnalishida - "O'zbekiston" mahallasi yoshlar yetakchisi g'olib deb topilib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar!
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh Telegram |
Twitter |
Facebook |
You Tube |
Web-site |
Instagram